"Bavariya"ning sobiq himoyachisi David Alaba sobiq jamoasini Germaniya chempionatidagi navbatdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
"Bavariya" chempionlikni qo‘lga kiritganidan xursandman. "Bavariya" va "Borussiya" ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qildim.
Oxirgi tur fantastik emosiyalar taqdim etdi. Xudoga shukur, yigitlar g‘alaba qozonishdi. Albatta, men juda xursandman", - dedi Alaba.
Eslatib o‘tamiz, Alaba "Bavariya" bilan ikki marta Chempionlar ligasida zafar quchgan. Avstriyalik futbolchi "Real Madrid" tarkibida yana bir chempionlikni qo‘lga kiritdi.