Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Ayntraxt" "PSJ" yarim himoyachisini rasman sotib oldi

"Ayntraxt" "PSJ" yarim himoyachisini rasman sotib oldi

Baho:
+ | -

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi yarim himoyachi Erik Ebimbeni ijara shartnomasida sotib olish variantini rasman faollashtirdi. 22 yoshli yarim himoyachi doimiy ravishda Bundesliga klubida qoladi.

Ebimbe "PSJ" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, Fransiya chempionatining so‘nggi mavsumida parijliklar tarkibida 10 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchi Frankfurtning “Ayntraxt” klubi bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. "PSJ"ning ushbu transferdan qancha ishlab olgani hozircha noma’lum.

Joriy mavsumda Ebimbe Germaniya chempionatida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Erik "Ayntraxt" uchun birinchi sovrinini shu hafta oxirida Germaniya kubogi finalida qo‘lga kiritishi mumkin.

Kiritildi: 16:33, 30.05.2023.
O'qildi: 1427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик