Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Milan" kelasi hafta boshida yaponiyalik futbolchining transferini e’lon qilishi mumkin

"Milan" kelasi hafta boshida yaponiyalik futbolchining transferini e’lon qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi yarim himoyachisi Daichi Kamada kelasi hafta “Milan”ning yangi futbolchisiga aylanishi mumkin. Jurnalist Fabrisio Romanoning fikricha, agar hammasi rejadagidek ketsa, yaponiyalik kelasi hafta boshida “rossonerilar” lagerida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Daichi hali "Ayntraxt"dagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazmagan. Frankfurt jamoasi shu dam olish kunlari Germaniya kubogi finalida “Leypsig”ga qarshi maydonga tushadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Kamada "Ayntraxt" bilan Yevropa ligasida g‘olib chiqqan edi.

Daichining "Milan"ga o‘tishi tekinga amalga oshiriladi. 26 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:36, 30.05.2023.
O'qildi: 1377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик