Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

2022-23 yil natijalariga ko‘ra APL klublari qancha jamg‘arishadi?

2022-23 yil natijalariga ko‘ra APL klublari qancha jamg‘arishadi?

Baho:
+ | -

Mavsum ortda qolgach, moliyaviy hisoblash mashinalari ishga tushadi. Klublar o‘zlari egallagan pozisiyadan kelib chiqib, sovrin jamg‘armasini qabul qilib oladi. O‘tgan mavsumdagi hisob-kitoblarga asoslangan holda, bu safargi sovrin pullarini hisoblab chiqdik. APLning har bir klubi turnir qatnashchisi sifatida taxminan 2.2 million funtga ega bo‘ladi. Keyin esa qo‘shimcha daromadlar taqdim etiladi. Bonuslarning katta qismi yildan yilga o‘sib borayotgan translasiya huquqidan keladi. APLdagi aylanadigan pul, Yevropaning qolgan ichki chempionatlaridan katta farq qiladi. Tumanli Albionda, hattoki, Chempionshipga yo‘l oluvchi klublar ham 100 million funtdan ko‘proq bonus oladi. Shuningdek, ularga APL uch yil davomida kam-kamdan qo‘shimcha to‘lovlarni qilib boradi.

"Arsenal", "MYU" va "Nyukasl" YECHLga qaytdi. Shu asosida bu klublar 150 million funtdan ortiq pul oladi. Shuningdek, YECHL ushbu jamoalarga yozda katta transfer qilish uchun imkoniyat beradi. O‘z klubini Yevropaning eng nufuzli turniriga olib chiqqan Eddi Xau bu haqida shunday degandi: "ECHLdagi jamoalar darajasini ko‘rib, oldimizda nechog‘lik katta mashaqqat turganini his qilyapmiz. Biz u yerda shunchaki tajriba orttirmoqchi emasmiz. Biz raqiblar uchun kurash taklif etamiz. Oldindan hech narsani ayta olmayman. Ammo jamoamni yuqori marralarda ko‘rmoqchiman. Har bir turnirga jiddiy yondoshamiz".
"Liverpul" va "Brayton" keyingi mavsumda YELda ishtirok etadi. Shunga qaramay, bu klublar ham APLdan 150 million funt qabul qilib oladi. "Aston Villa" Konferensiyalar ligasida uzoq yillardan beri ilk marta yevrokuboklar ta’mini totib ko‘radi. Sovrin jamg‘armasi borasida eng katta yo‘qotish "Chelsi"da ro‘y beradi. Jamoa 12 o‘ringa tushib ketgani sababli 28 million funt yo‘qotadigan bo‘ldi.

Quyida APLning har bir klubi 2022-23 yildagi ishtiroki uchun qancha pul olishi taqdim etilgan:

1. "Manchester Siti" – 161.3 million funt
2. "Arsenal" – 159.8 million funt
3. "MYU" – 152.1 million funt
4. "Nyukasl" – 151.7  million funt
5. "Liverpul" – 151.6 million funt
6. "Brayton" – 150.2 million funt
7. "Aston Villa" – 142.1 million funt
8. "Tottenxem" – 134.0 million funt
9. "Brentford" – 131.5 million funt
10. "Fulxem" – 130.6 million funt
11. "Kristal Pelas" – 128.2 million funt
12. "Chelsi" – 124.3 million funt
13. "Vulvz" – 123.3 million funt
14. "Vest Xem" – 121.0 million funt
15. "Bornmut" – 120.4 million funt
16. "Nottingem" – 116.1 million funt
17. "Everton" – 113.3 million funt
18. "Lester" – 106.1 million funt
19. "Lids" – 104.6 million funt
20. "Sautgempton" – 100.3 million funt

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:48, 30.05.2023.
O'qildi: 2047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.