Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Joze Mourinyoning yevrokuboklar finallaridagi natijasi: bugun ham an’ana davom etarmikin?

Joze Mourinyoning yevrokuboklar finallaridagi natijasi: bugun ham an’ana davom etarmikin?

Baho:
+ | -

Mourinyoning "Roma"si Yevropa ligasi finalida ushbu turnirning "egasi" bo‘lmish "Sevilya" bilan to‘qnash keladi. Rimliklar ustozi hozirga qadar o‘zi chiqqan finallarning hammasida zafar quchgan. Ammo bugun Mour va uning shogirdlariga oson bo‘lmaydi. Negaki, raqib YEL bo‘yicha mutaxassis – "Sevilya".
Quyida Joze Mourinyoning yevrokuboklar finallaridagi ajoyib natijasi haqida bilib olasiz.

1. "Portu"3–2 "Seltik" (2003)

Mourinyoning Yevropa sahniga muvaffaqiyati finallardagi natijasi bilan belgilanadi. 2003 yilda u boshqargan "Portu" UYEFA kubogi finaliga chiqadi. Deko urgan gollar portugaliyaliklarning "Seltik" ustidan g‘alabasini ta’minlab turadi. Ammo shotlandlar ham bo‘sh kelmaydi. Qo‘shimcha daqiqalarda Mourinyo jamoasi g‘alaba golini kiritadi.

2. "Monako" 0-3 "Portu" (2004)

2004 yilgi YECHL finalida hech qanday intriga yo‘q edi. Negaki, Mourinyo jamoasi Didye Deshamning "Monako"sini ko‘rdim demaydi. O‘shanda "Portu" nimchorak finalda "MYU" ustidan g‘alaba qozonadi. Keyingi bosqichlar esa jamoa uchun "Lion" va "Deportivo"ga qarshi o‘tdi. Bu esa Mourinyoga muammo emasdi. Finalda fransuz jamoasi "Portu"ga o‘lja bo‘ldi.

3. "Bavariya" 0-2 "Inter" (2010)

"Inter"ning 2010 yildagi qo‘lga kiritgan trebli o‘ta muhim edi. Negaki, o‘sha paytlarda "Barselona"ning "tiki-takasi" gullab-yashnayotgandi. Mourinyo jamoasi esa to‘p nazoratini sevuvchi jamoalarning "ajali"ga aylanadi. Yarim-finalda "Barselona"ni himoyaviy uslub bilan yakson etish – gapimizning yaqqol isboti edi. 2009 va 2010 yilda YECHLni yutgan jamoani yengish qiyin ish bo‘lgan. Shu asnoda "Inter" katta ishtiyoq bilan skudetto va Italiya kubogini ham o‘ziniki qiladi.

4. "Ayaks" 0-2 "Manchester Yunayted" (2017)

Garchand Gvardiolaning La-ligadagi dominantligi tugagan bo‘lsa ham, Mourinyo "Real"da ortiq muvaffaqiyatga erisha olmadi. Uning yevrokuboklardagi navbatdagi zafari, "MYU" bilan 2017 yilda yuz beradi. O‘zining klubdagi ilk mavsumini ikkita, liga kubogi va YEL tituli bilan boshlagan Mourinyoning "qizil iblislar" safidagi sarguzashti uzoqqa cho‘zilmagandi. Ammo u 2017 yilda YEL finalida "MYU"ning "Ayaks" ustidan osonlik bilan g‘alaba qozonishida muhim rol o‘ynagan.

5. "Feyenoord" 0-1 "Roma" (2022)

Mourinyoning Manchesterdagi muvaffaqiyatsizligi va "Tottenxem"dan ketishi, odamlarda savol tug‘dira boshlaydi. U 2021 yilda "Roma"ga kelguniga qadar ommada allaqachon xulosalar shakllanib bo‘lgandi: Mourinyoning davri o‘tib bo‘lgan. Balki shundaydir. Balki u boshqargan jamoalar YECHL yoki APLni yuta olmas. Ammo kerak vaqtda yaxshi futbolchilar bilan Mourinyo katta o‘yinlarni hal qila oladi. Buni "Roma" misolida ko‘rish mumkin. Portugaliyalik mutaxassis "Roma"ga 2008 yildan beri ilk titulni taqdim etdi. Bu sovrin esa YEKLning ilk kubogi edi.

Joze Mourinyoning yevrokuboklar finalidagi natijalari:
G‘alabalar: 5 ta
Mag‘lubiyatlar: 0 ta
Duranglar: 0 ta
Gollar: 11 ta
O‘tkazilgan gollar: 2 ta
Gollar farqi: +9.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 19:57, 31.05.2023.
O'qildi: 1968 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.