Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Jasur Hasanovning katta yubileyi

Jasur Hasanovning katta yubileyi

Baho:
+ | -

Superligadagi «otaxon» futbolchilardan biri Jasur Orziqulovich Hasanov 19 may kuni O‘zbekiston chempionati oliy divizioni hisobidan katta yubileyni nishonladi - 500ta o‘yin!

Bu marra sari chempionatda naq 23 mavsum yo‘l bosgan faxriy yarim himoya­chi «Buxoro» - «So‘g‘diyona» o‘yini (0:2)da to‘liq vaqt faol harakatlanib, yumaloq raqamni jamoasi g‘alabasi bilan bezadi. Tasanno!  

Avvalo aytish kerak, Jasur Hasanovning 500ta o‘yin marrasiga yetgani haqida oldinroq ma’lumot berildi. Jumladan, Jizzax matbuotida shunday xabar chiqdi va yarim himoyachiga hattoki, 500 raqami bosilgan maxsus futbolka topshirishga ham ulgurishdi. Biroq afsuski, bu masalada biroz shoshma-shosharlik kuzatildi. Har holda, statistika bo‘yicha Hasanov aynan 19 may kuni Buxorodagi o‘yinda marraga yetdi. Statistika ixlosmandlari o‘z hisob-kitoblarida shuni e’tiborga olib qo‘­yishlari kerak.

Jasur Hasanovning O‘zbekiston    chempionati elit ligasidagi 500ta o‘yini (mavsumlar kesimida)

Mavsum-2001 - 32ta («So‘g‘diyona»)
Mavsum-2002 - 25ta («So‘g‘diyona»)
Mavsum-2003 - 22ta («Navbahor»)
Mavsum-2004 - 25ta («Navbahor»)
Mavsum-2005 - 25ta («Mash’al»)
Mavsum-2006 - 15ta («Mash’al»)
Mavsum-2007 - 28ta («Bunyodkor»)
Mavsum-2008 - 24ta («Bunyodkor»)
Mavsum-2009 - 27ta («Bunyodkor»)
Mavsum-2010 - 11ta («Bunyodkor»)
Mavsum-2011 - 4ta («Bunyodkor»)
Mavsum-2012 - 12ta («Bunyodkor»)
Mavsum-2013 - 20ta («Bunyodkor»)
Mavsum-2014 - 23ta («Lokomotiv»)
Mavsum-2015 - 26ta («Lokomotiv»)
Mavsum-2016 - 5/15ta («Lokomotiv»/«Qizilqum»)
Mavsum-2017 - 14/14 («Qizilqum»/«Nasaf»)
Mavsum-2018 - 11/17ta («Nasaf»/OKMK)
Mavsum-2019 - 8/13ta (OKMK/«So‘g‘diyona»)
Mavsum-2020 - 26ta («So‘g‘diyona»)
Mavsum-2021 - 25ta («So‘g‘diyona»)
Mavsum-2022 - 23ta («So‘g‘diyona»)
Mavsum-2023 - 10ta («So‘g‘diyona»)

Asosiy fakt shuki, vaqtida Qatar Yulduzlar ligasida ham o‘ynab qaytgan Hasanov chempionatimiz tarixida 500ta o‘yin marrasiga yetgan 3-futbolchi bo‘ldi. Aytgancha, tolmas yarim himoyachi yaqin orada milliy ligamiz gvardiyachilari ro‘yxatida 2-o‘ringa chiqib olishi mumkin. 20 may holati bo‘yicha aytsak, uni mutlaq peshqadam Asror Aliqulovdan esa 20ta o‘yin ajratib turibdi.

O‘zbekiston chempionati elit ligasida 500ta o‘yin marrasiga yetgan futbolchilar

1. Asror Aliqulov - 520ta
2. Anvar Berdiyev - 505ta
3. Jasur Hasanov - 500ta

Sergey KNYAZEV

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:41, 01.06.2023.
O'qildi: 2005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик