Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Metallurg» xarakter ko‘rsatdi va Superliga peshqadamini Kubok bahslaridan chiqarib yubordi (videosharh)

«Metallurg» xarakter ko‘rsatdi va Superliga peshqadamini Kubok bahslaridan chiqarib yubordi (videosharh)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatida unchalik omadi yurishmay turgan "Metallurg" mamlakat kubogining guruh bosqichi bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan oxirgi tur o‘yinida bekobodliklar xarakterlarini ko‘rsatishdi va Superliga peshqadamlaridan birini musobaqadan chiqarib yuborishdi.

Uchrashuvni katta ishtiyoq hamda g‘ayrat bilan boshlagan “Metallurg” tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 4-daqiqadayoq standart vaziyatni G‘ofurov golga aylantirdi. Burchakdan tekazib berilgan to‘pni Husniddin kuchli zarba bilan raqib darvozasiga yo‘lladi. Himoyachilar to‘p yo‘liga g‘ov bo‘la olishmadi. Ularning panasida qolib ketgan “Neftchi” posboni esa to‘pning yo‘nalishini kech ko‘rdi va shundoqqina qo‘llari yonginasidan o‘tkazib yubordi – 1:0.

Bekobodga chempionatning 1-turida bo‘lgani kabi ijobiy natija uchun kelgan mehmonlar goldan keyin katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Bu esa maydon egalariga qarshi hujumlar eshigini ochdi. Birinchi taym yakunlanishiga yetti daqiqa vaqt qolganda vodiyliklar shunday qarshi hujumlardan birini o‘yin qoidasini buzish bilan to‘xtatishdi. Darvozadan chamasi yigirma – yigirma besh metrlar olislikdan esa jarima zarbasini Zabihillo O‘rinboyev qoyilmaqom ijro etdi. To‘p darvozaning naqd yuqori burchagiga borib tushdi – 2:0.

Tanaffusdan keyin “Neftchi” murabbiylar shtabi tarkibda katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. O‘yin tempini, bosimni oshirish evaziga “Metallurg”ni qamal holatida qoldirishga urinishdi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalarida ular hatto bir marta gol ham urishdi. Biroq unga qadar bekobodliklar yana kamida ikki uchta gollik kombinasiyalardan foydalana olishmadi.

Shu tariqa besh karra O‘zbekiston chempioni, ikki karra O‘zbekiston kubogi sohibi Bekobodda qaqshatqich zarbani qabul qilib oldi va bu yilgi Kubok musobaqasi bilan vaqtli xayrlashdi. “Metallurg” esa guruhda ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini naqd qildi. Bekobodliklar nimchorak finaldagi raqibini 5 iyun sanasida bilib olishadi. 1/8 final o‘yinlari esa 8-10 iyun sanalariga rejalashtirilgan.

O‘zbekiston kubogi
S guruhi. 3-tur
“Metallurg” — “Neftchi” – 2:1 (2:0).
01.06.2023 yil. Bekobod. “Metallurg” markaziy stadioni.
Gol: Husniddin G‘ofurov (4), Zabihillo O‘rinboyev (38), Umar Adhamzoda (90).
"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Kerim Palich, 6.Xudoyshukur Sattorov, 7.Husniddin G‘ofurov, 9.Zabihillo O‘rinboyev, 10.Bektemir Abdumannonov (20.Daler Sharipov, 90+3), 11.Damir Temirov (15.Rian Islamov, 90+3), 14.Abrorbek Toshqo‘ziyev, 17.Vladislav Kasminin (23.Behruz Shodmonov, 30), 22.SHaxzodbek G‘ofurbekov, 91.Marko Obradovich.
"Neftchi": 45.Akbar To‘rayev, 2.Zoir Jo‘raboyev, 5.YUriy Batyushkin (28.Fozil Musayev, 60), 7.Umar Adhamzoda,  9.Ulug‘bek Hoshimov (35.Murodbek Bobojonov, 68), 10.Sunnatilla Abdullajonov (70.Abbosjon G‘ulomov, 46), 11.Izzatilla Abdullayev (22.Toma Tabatadze, 46), 21.Muhsinjon Ubaydullayev, 23.Diyorjon Turopov (17.Abdulloh Olimov, 60), 24.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 26.Oleksey Larin.
Ogohlantirishlar: Kerim Palich (31), Fozil Musayev (63)
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Olim Abduvasilov, Dilshod Jumaniyozov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 05:38, 02.06.2023.
O'qildi: 1767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.