Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Sergey Arslanov: «Pley-offda qanday raqib bilan o‘ynashimizning farqi yo‘q»

Sergey Arslanov: «Pley-offda qanday raqib bilan o‘ynashimizning farqi yo‘q»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasida «Qo‘qon-1912» jamoasini mag‘lub etilganidan keyin «Surxon» bosh murabbiyi Sergey Arslanov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin haqidagi eng asosiy gapim - bugun qilgan barcha ishlarimiz o‘xshadi. O‘yinning o‘zi kurashlarga boy o‘tdi, jamoalar yaxshi tashkillashtirilgan o‘yin o‘ynashdi. Bugun mashg‘ulotlardagi ishlanmalarni amalda, o‘yinda ko‘rsata oldik. Birinchi bo‘lim haqida gapirish qiyin, chunki juda issiq bo‘lganligi sababli ikki jamoa ham futbol namoyish qilishi qiyin bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda havo biroz salqin bo‘lganidan keyin harakatlar ham ko‘paydi. Zaxiradan tushganlar esa o‘yinni kuchaytira olishdi, o‘yinga temp qo‘shishdi. O‘z navbatida natija ham shunga yarasha bo‘ldi

Ilk navbatda shuni aytish kerak, biz pley-offga chiqishga loyiq edik. Umuman olganda, bizning guruhdan chiqishimiz nafaqat o‘zimizga, balki, guruhdagi boshqa raqiblarning ham natijalariga bog‘liq edi. Endi biz uchun raqibning ahamiyati yo‘q. Pley-offda kuchli raqiblar bo‘ladi. Kim bilan o‘ynasak ham, qiyin o‘yin o‘tkazamiz", — dedi Arslonov.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 23:49, 02.06.2023.
O'qildi: 1384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик