Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ro‘ziqul Berdiyev: «Mash’al» - «Nasaf» uchrashuvini oldin haqiqiy derbi, deb maqtana olar edik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Mash’al» - «Nasaf» uchrashuvini oldin haqiqiy derbi, deb maqtana olar edik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

— O‘yinning tempi va tezligi unchalik yuqori bo‘lmadi. Lekin ikki jamoaning ham asosiy vazifasi natija edi, biz buni uddaladik. Vaziyatlarni ko‘p deyish qiyin. Muhimi hisobni ham, o‘yinni ham nazorat qilib turgan edik. Istagan vaqtimizda qo‘shishimiz mumkin. Yigitlarga natija va keyingi bosqichiga yo‘llanma olishni ko‘rsatma bergandik.

— Husniddin Aliqulov haqida.
— Uni kichik jarohati bezovta qilayotgandi. Shu bois terma jamoaga ham chaqirilgani yo‘q. Bir haftacha vaqt kerak bo‘ladi. Terma jamoa ham davolanishga ruhsat bergan.  Bugun Aliqulovdan tashqari Abduvohid, Javohir, Jo‘rabekka dam berishga qaror qildik. Rotatsiya bilan o‘zgarishlar qildik.

— Doniyor Narzullayev ko‘rinish berdi. Stanoyevich ham qaytmoqda. Stanoyevich qachondan asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin?
— Bu ikki futbolchining tajribasi bor, talab va ko‘rsatmalarimizni bilishadi. Marko yaqindan kelib qo‘shildi. Bizni quvontiradigan jihati jarohatiga qaramasdan mashg‘ulotlarga tezda kirishib ketdi. Bu uning ruhiy tomonlama tetikligidan dalolat. OKMK bilan o‘yingacha ham oz foizda bo‘lsada qaytishiga umid qilamiz. Doniyorda ham shunday holat. U ham bugun 10 daqiqa o‘ynagan bo‘lsa ham, yaxshi kirishib keta oldi. Jamoaning hujumlarida faol bo‘ldi. Ko‘proq futbolchilarga ega bo‘lsak yanada yaxshi.

— Aziz Xolmurodovda Zafar Xolmurodov kabi intilish, ishtiyoqi qanday?
— Otasi darajasida nimadir borligini ko‘rmayapman. Ba’zi bir o‘yinlarga jalb qilamiz, o‘ziga ishonchsiz harakat qiladi. Buni yashirmaymiz, o‘ziga ham aytganmiz. Lekin uni potensiali bor. Siz ham, men ham yaxshi bilaman bosh bilan o‘ynashda otasini yaqiniga ham kelmaydi.

— Siz to‘p tepgan va hozirgi davrdagi "Mash’al" - "Nasaf" uchrashuvining farqi nimada?
— Yomon tomoni "Mash’al"ning Pro ligada o‘ynayotgani. Biz ular bilan doim Superligada o‘ynardik. Keskinlik yuqori chiqardi. Haqiqiy derbi deb maqtasak bo‘lar edi. Hozirgi o‘yinni darajasini ko‘rdinglar. "Mash’al" jamoasiga oldidagi maqsadiga erishishida omad tilaymiz. Qashqadaryordan 3ta jamoasi bor, ularning 2tasi Superligada bo‘lsa o‘yinlar ko‘payardi, muxlislar ham qiziqardi.

— G‘uzoradagi uchrashuvlarda ko‘p ko‘rinish bermoqdasiz. Bu nima bilan bog‘liq?
— U yerda ham ayrim o‘yinchilarimiz bor. Imkoniyatimiz bo‘lganida albatta borib ko‘ramiz. Masofamiz yaqin. "Mash’al"da ham, "Sho‘rtan"da ham akademiyamizni tamomlagan futbolchilar bor. Imkon borida foydalanib yigitlarni nazorat qilib boramiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:54, 02.06.2023.
O'qildi: 1608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.