"Real"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Manchester Yunayted"da o‘ynayotgan Kazemiro La Liga va Premyer-ligani solishtirdi.
«Premer-ligada hammasi boshqacha, o‘yin ochiqroq. Siz tez-tez himoyadan hujumga o‘tishingiz kerak va aksincha.
La Ligada tiki-takadan foydalanish ancha keng tarqalgan. Ammo futbolchi uchun asosiy narsa moslashish va buni imkon qadar tezroq qilish qobiliyatidir», - dedi braziliyalik yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, Kazemiro o‘tgan yozda "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. Braziliyalik yarim himoyachi APLda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.