Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Taekvondo bo‘yicha JCH. Feruza Sodiqova jarohat bilan jang qilib, yarim finalga chiqdi!

Taekvondo bo‘yicha JCH. Feruza Sodiqova jarohat bilan jang qilib, yarim finalga chiqdi!

Baho:
+ | -

Boku shahrida o‘tkazilayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida bugun ikki nafar hamyurtimiz bahslarda ishtirok etmoqda.

Ayollar o‘rtasida 62 kg. vazn toifasida Feruza Sodiqova hozirgina yarim final yo‘llanmasi uchun vengriyalik Viviana Martonga qarshi jang qildi. Birinchi raundda hamyurtimiz 18-10 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikkinchi bo‘limda esa vengriyalik sportchi Feruzaning taktikasini sezib qolib, o‘z uslubini o‘zgartirdi. Boz ustiga, raqib vatandoshimiz oyog‘ining son qismiga zarba berib, jarohat yetkazdi. Marton oradan ko‘p o‘tmasdan yana o‘sha nuqta zarba berdi va jarohatni og‘irlashtirdi. Bu paytda Sodiqova 6-4 hisobida oldinda borayotgandi.

Raqib esa hamyurtimizning jarohat bilan qiynalib jang qilayotganini bilgan holda tavakal qilib oldinga tashlandi. Feruza esa murabbiy tomonidan berilgan ko‘rsatmaga amal qilib, himoyani bo‘sh qoldirgan raqibga zarbalar bera boshladi. Bo‘lim tugashiga 30 soniya qolganida hisobdagi farq atigi 3 ochko edi. Sodiqova esa so‘nggi soniyalarda raqibning boshiga 2 marta zarba berib, hisobni 23-10 ko‘rinishiga keltirgan holda yarim finalga chiqdi.

Feruza yarim finalda Braziliya vakili Karolin Santosga qarshi dayanga chiqadi.

Erkaklar o‘rtasida 74 kg. vaznda taekvondochimiz Jasur Jaysunov chorak finalda avstraliyalik Leo Golubichga qarshi dayanga chiqdi. Afsuski, hamyurtimiz hamyurtimiz ikki raund yakuniga ko‘ra kichik hisoblarda yutqazdi — 7-11, 10-11. Shu tariqa, Jasur medallardan quruq qoldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:09, 03.06.2023.
O'qildi: 1618 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.