Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Ulug‘bek Baqoyev: «Uch nafar yangi futbolchi bilan kelishib bo‘ldik»

Ulug‘bek Baqoyev: «Uch nafar yangi futbolchi bilan kelishib bo‘ldik»

Baho:
+ | -

«Buxoro» jamoasi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Sho‘rtan»ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin haqida fikrlaringiz.
— Umuman olganda o‘yin qiziqarli o‘tdi, birinchi bo‘limda 3-4 ta yaxshi vaziyatlar yaratdik. Keyin Ikkinchi bo‘limda hisobni ochdik, sal o‘tib gol o‘tkazib yubordik. Minimum vazifa guruhdan chiqish edi va biz buni uddaladik — guruhdan chiqdik.

— "Buxoro" jamoasi bir necha o‘yindan beri vaziyatlardan foydalanmaslik borasida oqsab kelmoqda. Bu kamchilikni bartaraf etishni iloji bormi?
— Bugun ham guvohi bo‘ldingiz bir necha xavfli vaziyatlar yaratdik. Goh to‘sin, goh noaniq zarbalar berildi. Eng muhimi golli vaziyatlarda yaratilyapti jamoaning o‘yin sur’atida ijobiy o‘zgarish bor. Biz bu kamchilikni tuzatishga harakat qilamiz.

— Jamoaga taklif etiladigan futbolchilarni belgilab oldingizmi?
— Seleksiya ishlarini allaqachon boshlab yuborganmiz, 3 nafar futbolchi bilan kelishib bo‘ldik. Hujjat ishlarini yakunlab olsak bo‘ldi, ular jamoamizga kelib qo‘shilashadi. Reglament bo‘yicha 5 nafar o‘yinchi olish mumkin. Undan tashqari 20 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli futbolchilarni ham jamoaga taklif qilishni ko‘zlayapmiz.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 11:28, 04.06.2023.
O'qildi: 1678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик