Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Ana, xolos! «U chindan ham jonga tegdi!...»

Ana, xolos! «U chindan ham jonga tegdi!...»

Baho:
+ | -

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda «Manchester Siti» akademiyasi o‘yinchisi Muhammad Ibrohimovning qiziqarli videosi paydo bo‘ldi.

Unda ikkita bolalar jamoasi o‘ynaydi. Xo‘sh, nima bo‘libdi, deyishingiz mumkin, ya’ni bu g‘ayrioddiy hodisa emasdek tuyuladi. Ammo raqib o‘yinchilaridan biri «Siti» futbolchisiga ikki oyog‘i bilan tashlangan. Ibrohimov esa o‘zini tutolmay raqibini turtib yuboradi. U ham bunga javoban Muhammadga «sakraydi». «Siti» futbolchisining asbalari dosh berolmay yumshoqgina kurash uslubini qo‘llab qo‘ya qoladi... Bu videoning sarlavhasi esa: «U chindan ham jonga tegdi!»

Muhammad Ibrohimov kim o‘zi?

Ibrohimovlar oilasi Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adan 41 km. uzoqda joylashgan Buynaksk shahridan taxminan besh yil oldin to‘rt o‘g‘il ota-onasi bilan Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tadi. U yerda farzandlarning barchasi professional sportda faoliyat boshladilar. Katta akasi - Ibrohim - MMA jangchisi. Amir va G‘ozi Ibrohimovlar esa «Manchester Yunayted» akademiyasining futbolchilari. Eng mashhuri Amir - u «qizil iblislar» U-15 jamoasining sardori, u allaqachon Angliya o‘smirlar terma jamoasida ham o‘ynagan va klub unga kelajak yulduzi sifatida qattiq ishonadi.

Muhammad esa (jamoada uni shunchaki «Mo» deb atashadi) oilada eng kichigi. U 11 yoshda, ammo boshqa klub - «Manchester Siti» sharafini himoya qiladi. Va u ham hujumda o‘ynaydi. U allaqachon yaxshi natijalarga erishgan - o‘tgan yili jamoasi bilan mamlakatning asosiy bolalar va o‘smirlar kubogi hisoblangan milliy kubokni qo‘lga kiritgan. Bu yil ham muvaffaqiyatlar bo‘ldi - jamoa shahar chempionatida g‘olib chiqdi. Va bu, albatta, oxirgi muvaffaqiyat emas.

Ijtimoiy tarmoqlarda kichik Ibrohimovning harakatlariga  qanday munosabatda bo‘lishdi?

Asosan hazil bilan. Katta akasi Ibrohim Ibrohimov jilmayib turgan smaylik yubordi. Hatto «Manchester Yunayted» akademiyasining norasmiy akkauntlaridan biri ham hazil bilan javob berib, «jo‘ja xo‘roz» futbolchilarga dars berish ortiqcha emasligini ta’kidladi. Ammo boshqa nuqtai nazarga ega odamlar ham bor edi: «birodar, siz g‘azabingizni boshqarishingiz kerak», - deb yozgan foydalanuvchilardan biri. «Men janglarni tomosha qilishni yaxshi ko‘raman, lekin ularni maydonda ko‘rsatish eng yaxshi yechim emas», deya qo‘shimcha qildi yana biri. Kimdir yigitni kurashchi Rendi Orton bilan taqqosladi, u bu usuldan foydalanishni yaxshi ko‘rardi. Ko‘pincha, bu videoga hazil tariqasida va salbiy bo‘lmagan munosabatlar bo‘lmoqda. Ko‘rinishidan, ular bolalar darajasida hamma narsa sodir bo‘lishi mumkinligini tushunishadi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:13, 04.06.2023.
O'qildi: 2600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.