Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Benzema ketdi. Karimning o‘rniga 5 nomzod

Benzema ketdi. Karimning o‘rniga 5 nomzod

Baho:
+1 | -

 Rasman Benzema "Real Madrid"ni tark etib Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzoladi. Uning ketishi "Galaktikos"ning kerakli transferlarni tezroq amalga oshirishga undamoqda. Albatta Peres bo‘lajak transferlar ustida ishlishni boshlab yuborgani aniq. Ammo Madrid superklubi hozircha qaysi variant ustida ishlayotgani bizga qorong‘u. hammada turli xil fikrlar bor. Jumladan klub ham har bir transferning foyda va zarar tomonlar haqida o‘ylab ko‘rmoqda. Quyida esa biz "Real"ning ehtimoliy transferlari va klub uchun qanday variantlar borligi haqida to‘xtalib o‘tamiz. 

Harri Keyn - Transfer ehtimoli yuqori 

Benzemaning ketishi "Real" uchun top hujumchi kerak ekanligini anglatadi. Bunday holatda Anchelottida albatta Keyn varianti bo‘ladi. Harri kelasi mavsum yevrokuboklardan chetta qoladi va bu uning darajasiga mos emas. Keyn "Tottenxem"da hech qanday jamoaviy sovrin yuta olmagan (Audi kubogidan tashqari). Keynga agar taklif bilan chiqishsa, u jon deb qabul qilishi aniq. Ammo Harri "Real"ga qay darajada mos tushadi? Umuman olganda "Real" tarkibida o‘zini ko‘rsatish uchun faqatgina top futbolchi bo‘lish kamlik qiladi. Ya’ni klubga harakterli futbolchi mos tushadi. Keynning o‘yinida agressivlik va iroda ha deganda ko‘zga tashlanavermaydi. U shunchaki vaziyatlardan foydalanadigan sovuqqon mashina. "Real" Harrining bu tomonlariga ham etibor qaratsa kerak. 

Roberto Firmino - Transfer ehtimoli o‘rtacha 

 "Bobbi" yaxshi futbolchi, ancha sovuqqon maydonni yaxshi ko‘ra oladi, kerak joyda o‘zining harakteri bilan ham jamoani torta oladi. Ammo uning bitta kamchiligi bor. U sof yirqich hujumchi hisoblanmaydi. Uning o‘yinida pressingni jamoa hujumlarini boshlashdagi aktivlikni va yolg‘onchi to‘qqizlikdagi harakatlarini qadrlash mumkin. Shuningdek u to‘psiz o‘ynay oladigan eng yaxshi hujumchilardan biri. Firminoning transferi bir tomondan "Real" uchun yaxshi bo‘lib chiqishi mumkin. Uning sal ortga qaytib o‘ynashi tezkor Vini va realizasiyasi kuchli bo‘lgan Rodrigoga yaxshi imkoniyatlar yaratishi mumkin. Bu holatda Anchelotti biroz taktik o‘zgartirishlar qilishga majbur bo‘ladi. Ammo uning transferi o‘zini oqlamasligi ham mumkin. Chunki "Bobbi" o‘tgan mavsumni yuqori darajada o‘tkaza olmadi. 

Kilian Mbappe - Transfer ehtimoli o‘rtacha 

 Mbappe har transfer oynasida "Real"ga o‘tadi degan xabarlar chiqaverib hammaning ensasini qotirib yuborishi tabiiy. Ammo bu safar ham ushbu transfer haqida yozishga majburmiz. Negaki Benzemaning ketishi Mbappega nafaqat "Real"ga bo‘lgan eshiklarni yana ochadi, balki endi yetakchilik ham deyarli kafolatlangan. Mbappe so‘zsiz boradigan jamoasida yetakchi bo‘lishni istaydi. O‘tgan yozda "Real"ga kelganida ham Karim Benzema muxlislar uchun "Galaktikos"ning haqiqiy yetakchisi bo‘lib qolaverardi. Bu safar Benzema yo‘q. Balki "Real" va Mbappe bu transfer haqida o‘ylab ko‘rar. Chunki Kilian har tomonlama realbop futbolchi.

Xulian Alvares - Transfer ehtimoli juda past  

Xulian Alvares, balki bu futbolchi Florentino Peresning "shortlisti"da yo‘qdir. Ammo o‘ylab ko‘rsak, "Real" uchun yaxshi variant bo‘lishi mumkin. "Siti"da Xolandning soyasida qolayotgan iqtidorning hujumdagi harakatlari, pressingda ishlashi va kurashuvchan xarakteri "Real" uchun juda mos tushadi. Xulianning o‘zi ham bunday chaqiruvni o‘ylab ko‘rsa kerak, chunki Xoland bor ekan u barbir "shaharliklar"ning asosiy futbolchisi bo‘la olmaydi. Ammo bu transferda ikki katta masala bor. Birinchisi "Real" futbolchiga qay darajada qiziqish bildirishi bo‘lsa, ikkinchisi "Siti" iqtidorli futbolchini qo‘yib yuborishi. 

Djakomo Raspadori - Transfer ehtimoli 0.01 foiz (shaxsiy variant) 

Albatta Raspadori hech qanday katta nom emas va bu transfer "Real" uchun unchalik muxim emasdek. Ammo o‘ylab ko‘rish mumkin bo‘lgan jihatlar ham bor. Birinchidan futbolchi 100% Benzemaning o‘rniga harid qilinmaydi. Sababi uning hozirgi darajasi "Real"ning asosiy tarkibida o‘ynash uchun kamlik qiladi. Lekin, bir-nechta jihat uning transferiga qiziqishni oshirishi mumkin. Har qandy futbolchida yangi jamoaga o‘rganish biroz qiyinchilik tug‘diradi. Ikkinchidan Keyndagi harakter, Firminodagi sport formasi, Mbappening pozisiya muammosi, bunday muammolarni yana bitta qo‘shimcha transfer bilan bartaraf etish hech qachon zarar qilmaydi. Raspadorida shunday ustunlik bor. Uning kerak payti qanotga ko‘chib xarakatlanishi, yolg‘onchi to‘qqizlikda ham, sof hujumchi sifatida ham o‘ynay olishi, yaxshi tezlik, maqsadli paslari va yaxshi realizasiyaga egaligi asosiy planga chiqishi mumkin. Ammo undagi asosiy kamchilik bu tajriba. Hujumilari soni ikkita qolgan jamoa uchun yaxshi zahira varianti. Negaki uning zahiradan o‘yinga qo‘shilishi odatda "Napoli"ga katta ustunlik berib kelmoqda.  

Mirjalol Pardaboyev maqolasi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:31, 06.06.2023.
O'qildi: 11699 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.