Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Gvardiola YECHL-2021 finalida noto‘g‘ri tarkib tanlaganini tan oldi va bu safar qanday yo‘l tutishini aytdi

Gvardiola YECHL-2021 finalida noto‘g‘ri tarkib tanlaganini tan oldi va bu safar qanday yo‘l tutishini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2021 yilgi Chempionlar ligasi finalida noto‘g‘ri tarkib tanlaganini tan oldi.

«Bu galgi finalga qanday reja qilgan bo‘lsam, o‘shanda ham shunday reja tanlagandim. Agar sizga o‘sha paytda nima uchun bunday qaror qabul qilganimni tushuntirsam, ehtimol, bu qaror asosli bo‘lgan deb aytishingiz mumkin. Hammasi oddiy: «Agar men yutqazsam – men nohaqman, agar g‘alaba qozonsam – men haqman». Futbol shunday.

"Chelsi" bilan tengma-teng o‘ynaganmiz. Hattoki ba’zi jihatlar bo‘yicha raqibga nisbatan yaxshiroq ko‘ringanmiz, ammo yutqazganmiz. O‘shanda boshqacharoq yo‘l tutgan bo‘larmidim? Ehtimol, ammo bu endi ahamiyatga ega emas.

Biz katta klub sifatida hal qiluvchi qadamni tashlamoqchi bo‘lsak, unda yevrokuboklarda g‘alaba qozonishimiz shart. Biz Chempionlar ligasini qo‘lga kiritishimiz zarur. Bundan boshqa iloj yo‘q. Yanada muhimrog‘i esa har yili imkon qadar uzoqroqqa bor. Qayta va qayta.

Ikki yil avval finalda o‘ynadik va bu safar ham hal qiluvchi o‘yinga yetib keldik. Biz g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, biroq muhimi — oradan bir necha yil o‘tib yana finalga chiqish. Top-klublarning o‘ziga xos xususiyati shunda: har yili Chempionlar ligasida qatnashish, final bosqichidagi kurash va sovrin qo‘lga kiritish», – dedi ispaniyalik murabbiy "The Guardian" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» 2021 yilgi finalda «Chelsi»ga 0:1 hisobida yutqazgandi. Joriy mavsumda Gvardiola jamoasi «Inter» bilan to‘qnash keladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:23, 07.06.2023.
O'qildi: 3684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.