"Manchester Siti" hujumchisi Riyod Maxrez faoliyatini "Al-Ahli"da davom ettirishi mumkin.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni klubi 32 yoshli jazoirlik futbolchiga yozda jamoaga kelib qo‘shilsa, yiliga 46 million yevro taklif qilishga tayyor.
Maxrez 2022/23 yilgi mavsumda “Siti” safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.