Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

«Metallurg» akademiyasi Ispaniyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

«Metallurg» akademiyasi Ispaniyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Baho:
+ | -

An’anaga muvofiq iyul oyining boshida “Metallurg” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilar Ispaniyaga navbatdagi safarni uyushtirishadi.  “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi nizomiga muvofiq eng namunali o‘quvchilardan tashkil topgan delegasiya odatdagidek, “Qirollik klubi” bilan yaqindan tanishish, Madrid akademiyasidagi sharoitlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bu yilgi safardan avvalgilaridan boshqa bir jihati bilan farq qiladi. Bugun shu xususda batafsil ma’lumot bermoqchimiz. Oldingi yillardan farqli jihati bu galgi safarda “Metallurg” futbol akademiyasi yoshlari yirik xalqaro turnirda qatnashishi ko‘zda tutilgan. Turnir San Sebastyan shahrida tashkil etilib, unda jahonning eng nufuzli futbol akademiyalarining 860 ta jamoasi qatnashayapti. Ham qizlar, ham o‘g‘il bolalar o‘rtasida tashkillashtirilayotgan musobaqada barcha qit’alardan – 26 mamlakatdan jamoalar ishtirok etadi. Bu yilgi musobaqa hisob bo‘yicha 31-si sanaladi.
 
Shunisi e’tiborga molikki, turniri tashkilotchilari Osiyo qit’asi vakillari – “Metallurg” FK vakillarini TOP sakkiztalik qatorida e’tirof etishmoqda. Bular – Portugaliyaning “Sporting”, “Benfika”, Ispaniyaning “Real Sosyedad”, “Madrid CFF” Angliyaning “Nyukasl”, Gondurasning “Olimpiya”, AQSHning “Orlando siti” hamda mezbonlar jamoasidir.

Bir hafta mobaynida o‘tadigan turnirda qizlar oltita, o‘g‘il bolalar esa o‘n bitta yosh toifasida g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Musobaqa FIFA bolalar musobaqasi Reglamentiga muvofiq o‘tkazilib, qatnashchilar ixtiyoriga 50 ta tabiiy maydon ajratilgan. O‘zbekiston delegasiyasi tarkibi 52 kishidan iborat. “Metallurg” futbol akademiyasi Ispaniya safariga to‘rtta yosh toifasida ketayapti. Turnirda esa U-12 hamda U-17 yosh toifasidagi jamoalari ishtirok etadi. Qolgan ikki yosh toifamiz qatnashchi jamoalarimizga bevosita muxlislik qilishlari barobarida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga chiqishlari, muntazam mashg‘ulotlar olib borishlari ko‘zda tutilgan. Bu tadbirlarning barchasi San Sebastyan futbol akademiyasi rahbariyati tomonidan kelishuvga muvofiq xolisoni tarzda uyushtirib beriladi.

Kuni kecha “Donosti Cup – 2023” turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va “Metallurg” yoshlarining raqiblari nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra U-12 jamoamiz V guruhida “Beti Ona CD” (Baskoniya, Ispaniya), “LSA Tarragona” (Kataloniya, Ispaniya), “Salesianos Guadalajara EFCD” (Toledo, Ispaniya) jamoalariga qarshi bahs olib boradi. U-17 yosh toifasidagi “Metallurg” jamoasining raqiblari esa “Bordeaux Aquitaine FC” (Fransiya), “Orereta Kafea CD” (Baskoniya, Ispaniya), “Trintxerpe KE” (Baskoniya, Ispaniya) jamoalari bo‘ldi. Guruh g‘oliblari plef-offda sovrinli o‘rinlar uchun olimpiya tizimida kurashni davom ettirishadi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 20:39, 10.06.2023.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик