Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ilhom Abdug‘aniyev: "Jamoamizda imkoniyatlar ko‘proq edi"

Ilhom Abdug‘aniyev: "Jamoamizda imkoniyatlar ko‘proq edi"

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasining “Esxata”ga qarshi uchrashuvida jarima zarbasidan gol urgan yarim himoyachi Ilhom Abdug‘aniyev bellashuvdan so‘ng o‘yin borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Ilhom, jamoamizning “Esxata”ga qarshi uchrashuvi borasida nimalarni ayta olasiz?

- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Havo issiqligiga qaramasdan ikkala jamoa ham kurashdi. To‘g‘ri, bizda ham, raqibda ham vaziyatlar bo‘ldi. Lekin jamoamizda imkoniyatlar ko‘proq edi. Natija ham yaxshi, yomon emas. Bu o‘rtoqlik o‘yini edi, to‘g‘ri natija ham kerak. Biroq bizga ko‘proq o‘yinimizni yanada shakllantirishga va mashg‘ulotlarda nimalarni bajarayotgan bo‘lsak, shularni o‘yinga olib chiqishga murabbiy tomonidan ko‘rsatma olgandik hamda shularni bajarishga harakat qildik.

- Standart vaziyatdan chiroyli gol urdingiz. Qanday ta’rif berasiz?

- Mashg‘ulotlarda jarima zarbalari ustida ham shug‘ullanyapmiz. O‘sha holatda o‘zimga ishonib tepishga qaror qildim. Jamoadoshlarimga rahmat, menga ishonib berishdi. Xudoga shukr, gol urdim. Bundan xursandman.

- “Esxata” qanday taassurot qoldirdi? Siz kutganchalik o‘ynadimi yoki...

- To‘g‘risi, “Esxata” jamoasidan bunday o‘yinni kutmagandim. Yaxshi jamoa ekan. Raqibni ko‘proq uzun paslar orqali o‘yin ko‘rsatsa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo bular ham pas va taktik uslub orqali o‘yin namoyish etar ekan. To‘pni nazorat qila oladi. Hurmatga loyiq jamoa.

Kiritildi: 12:28, 15.06.2023.
O'qildi: 1174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик