Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ayntraxt" Kolo-Muanining narxini oshirib qo‘ydi

"Ayntraxt" Kolo-Muanining narxini oshirib qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Ayntraxt" hujumchisi Randal Kolo-Muani ko‘plab Yevropa gigantlari qiziqishlari doirasida.

Shu bilan birga, nemis klubi 24 yoshli futbolchining narxini 100 million yevroga oshirib qo‘ydi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Aytish joizki, mish-mishlar Kolo-Muanini "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Real" va "Bavariya" kabi klublar bilan bog‘laydi.

Randal Kolo-Muani 2022/2023-yilgi mavsumda Frankfurtning “Ayntraxt” klubi safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Jamoa Bundesliga turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab, Konferensiyalar ligasiga yo‘llanma oldi.

Kiritildi: 15:58, 16.06.2023.
O'qildi: 2354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик