Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

“Bunday jangni orzu qilardim”. Shahram G‘iyosov yakshanba kungi jang oldidan nigohlar to‘qnashuvida ishtirok etdi

“Bunday jangni orzu qilardim”. Shahram G‘iyosov yakshanba kungi jang oldidan nigohlar to‘qnashuvida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Professional boksning yarim o‘rta (-66,6 kg) vazn toifasida harakat qiladigan Shahram G‘iyosov (13-0, 9 KO) AQSHda O‘zbekiston vaqti bilan 18 iyun tongida navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Mazkur jangda unga amerikalik Harold Kalderon (27-0, 18 KO) raqib bo‘ladi. 15 iyun kuni jang oldidan matbuot anjumani va nigohlar to‘qnashuvi marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Nyu-Orleanda jang qilishimdan xursandman. Bu men uchun katta imkoniyat. Faqat olg‘a boraman. Yaxshi jang bo‘ladi degan umiddaman, chunki raqibim yaxshi bokschi. Uning rekordi — 27-0. Lekin men havaskor boksda 200 ta jang o‘tkazganman. Bu men uchun o‘ziga yarasha ustunlik beradi. Bunday jangni orzu qilardim. Yakshanba kuni ringga chiqishga tayyorman, muxlislar uchun yaxshi boks ko‘rsatmoqchiman", — deydi G‘iyosov.

Qayd etish kerak ushbu jang g‘olibi WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi. Ayni vaqtda ushbu kamar Errol Spensga tegishli.

G‘iyosov so‘nggi jangini 2022 yilning may oyida o‘tkazib, 10 raund davom etgan jangda meksikalik Kristian Gomesni mag‘lub etgandi.

Kalderon esa oxirgi marta 2022 yil sentyabrida ringga ko‘tarilgan va 3-raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:44, 16.06.2023.
O'qildi: 3243 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.