Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) - Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

Trebl-qahramonlar. "Manchester Siti" futbolchilari qanday qo‘lsoatlar taqadi? Bayram payti bu savolga javob topildi

Trebl-qahramonlar. "Manchester Siti" futbolchilari qanday qo‘lsoatlar taqadi? Bayram payti bu savolga javob topildi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yulduzlari o‘zlarining trebl-sovrinlarini nishonlayotganida, muxlislarga qanday soatlardan foydalanishini ham biratӯla ko‘rsatib qo‘ydi. Jek Grilish va uning sheriklari hafta avvalida muxlislarga mavsumdagi uchinchi sovrinini taqdim etgan edi. Manchester shahri bo‘ylab uyushtirilgan paradda, "shaharliklar" o‘z qo‘lsoatlari bilan muxlislarga yuzlandi. Xususan, hozir Angliya termasi bilan birga bo‘lgan Jek Grilish YECHL g‘olibligini hammadan ko‘ra "qattiqroq" va "qaltisroq" nishonlagan edi. 27 yoshli hujumchi muxlislar oldida qimmat soati bilan paydo bo‘ladi.

Celeb Watch Spotter bergan ma’lumotga ko‘ra, Grilish bayram davomida taqqan qo‘lsoat narxi 180 ming funtga teng. Patek Phillipe tomonidan tayyorlangan bu maxsulot yuzi tilla suvi bilan qoplangan. Albatta, bunday qimmatbaho buyumlar haftasiga 300 ming funt maosh oladigan futbolchi uchun unchalik katta narsa emas. Uning do‘sti Erling Xoland esa Brietling Premier B21 soatidan foydalanadi. Ushbu lyuks buyumning narxi 49 ming funt. Turgan gapki, bu Grilishning soati oldida kamtargina ko‘rinadi. Xolandning haftalik maoshini 375 ming funt ekanini hisobga olsak, u nisbatan arzon matohdan foydalangani oshkor bo‘ladi.

Jamoa ustozi Pep Gvardiola, klassikaga hiyonat qila olmasligini namoyon etdi. U Rolex shaydosi ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. 52 yoshli mutaxassis qo‘lida bayram vaqti 14 ming funtlik oq-tillarang Rolex Cellini bor edi.
Kevin De Bryuyne, Jon Stounz, Kayl Uoker va Ruben Diashlar foydalanadigan vaqt ko‘rsatkichlarning hammasi narx jihatdan oltita xonali songa teng. Masalan, haftasiga 400 ming funt oladigan De Bryuyne Vacheron Constantin'ning Tourbillon versiyasidan foydalanadi. Uning narxi esa 105 ming funtni tashkil etadi. 250 ming funt maoshga ega Stounz esa Patek Phillipe'ning Aquanaut'idan taqib olgan edi. Ushbu vaqt qurilmasi 110 ming funt turadi. Diash xuddi Grilish kabi 140 minglik PF Nautilus'dan foydalanadi.

Uoker "Manchester Siti"dan ketishi mumkin. Ayni damda himoyachi "shaharliklar" safida haftasiga 160 ming funt ishlab topadi. Angliya terma jamoasi a’zosi o‘zining klubdagi ehtimoliy so‘nggi mavsumida jamoadoshlari bilan chempionlikni nishonladi. Tadbir vaqtida Uoker 100 ming funtlik Rolex Paltinum bilan ko‘rinish berdi.
Bayramda Riyad Maxrez 80 ming funtlik Patek Phillipe taqqan bo‘lsa, uning tarkibdagi raqobatchisi Fil Foden esp 225 ming funt haftalik maoshi bilan 21 ming funtlik Rolex Skydweller'dan foydalanishi ma’lum bo‘ldi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:00, 16.06.2023.
O'qildi: 2459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.