Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

David De Xea o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan besh nomzod

David De Xea o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan besh nomzod

Baho:
+ | -

Klubga qilgan 11 yillik xizmatidan keyin David De Xeaning "MYU"dagi faoliyati yakun topishi mumkin. Angliyadagi debyut mavsumidan keyin, ispaniyalik darvozabon yillar davomida APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi sifatida bo‘y ko‘rsatadi. Garchand so‘nggi mavsumda eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazganiga qaramasdan, "qizil iblislar" posboni jamoadan ketishga kun sayin yaqin kelmoqda. U erkin agent sifatida klubni tark etadi. Quyida De Xea o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar haqida so‘z boradi.

1. Diyegu Koshta

Portugaliya terma jamoasi a’zosi anchadan beri "MYU" tomonidan kuzatib kelinayotgan edi. Ammo futbolchining o‘zi "Portu"da faoliyatini davom ettirishini bildirgan. Shunga qaramay, "MYU" Portugaliya klubi so‘rayotgan 64 million funtni to‘lab, Koshtani o‘ziniki qilishi ham mumkin. U o‘tgan mavsumda aniq paslar va quruq o‘yinlar borasida Portugaliya chempionatining eng yaxshilaridan biriga aylangan edi.

2. David Rayya

"Brentford" vakilining amaldagi bitimi 2024 yilda yakunlanadi. Shu sabab uning klubi darvozabonni sotishga harakat qilmoqda. Rayya uchun "Tottenxem" taklif yuborgan. Ammo "arilar" so‘rayotgan 40 million funt, bu transferning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi. "Manchester Yunayted" ham Rayya uchun poygada ishtirok etishi aytilgan. O‘tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi eng ko‘p seyv ijro etgan darvozabonga aylangan edi. Rayyaning qo‘ldan tashqari oyoqda ham yaxshi harakat qilishi ko‘plab klublar e’tiborini tortmasdan qo‘ymaydi.

3. Jordan Pikford

Pikfordni hamma taniydi. U bir necha yillardan beri Angliya terma jamoasi asosiy tarkibida ishonchli harakat qilib kelmoqda. Erik ten Xag uning nimalarga qodir ekanini yaxshi biladi. Aprel oyida "MYU"ga qarshi kechgan bahsda Pikford ten Xag ko‘z-oldida 9 ta seyv ijro etgan edi. U, shuningdek, "Everton"ni APLda olib qolishda katta hissa qo‘shdi.

4. Andre Onana

Onana  o‘zini "Ayaks" safida, Erik ten Xag boshchiligida namoyish etgan edi. Kamerun terma jamoasi a’zosi zamonaviy darvozabonlarga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega. Ammo uning maydondan tashqaridagi ayrim ishlarini oqlab bo‘lmaydi. Doping mojarosi uning faoliyatiga yomon ta’sir qildi. Ammo so‘nggi mavsumda Onana "Inter" bilan fantastik mavsum o‘tkaza oldi. 27 yoshli futbolchi YECHL doirasida eng ko‘p seyv qilgan(48) va eng ko‘p quruq o‘yin (8 ta) o‘tkazgan darvozabonga aylandi.

5. Mayk Menyan

Ko‘pchilik "Milan" Donnarumma bilan xayrlashganida, klubni ayblagan edi. Ammo italiyalik golkiper o‘rni, tez orada to‘ldirilgandi. "Lill"dan Menyanni olib kelish orqali "nerazzurilar" 2022 yilda Italiya chempionligini qo‘lga kiritadi. Darvozabon o‘zining aqlbovar qilmas barqaror o‘yini bilan ajralib turadi. Shu sababli tez orada Fransiya termasidagi asosiy o‘rin Lyorisdan Menyanga o‘tishi kutilmoqda. 27 yoshli posbon, shubhasiz De Xeaga yaxshi o‘rinbosar bo‘ladi. Ammo uni sotib olish oson emas.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:47, 17.06.2023.
O'qildi: 2964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик