Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Nega "Arsenal" Kay Xaversni sotib olmoqchi?

Nega "Arsenal" Kay Xaversni sotib olmoqchi?

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Kay Xavers yozgi transferlar oynasida o‘z jamoasini tark etadi. Futbolchi uchun "Arsenal" da’vogarlik qilmoqda. Uni olib kelishning o‘ziga yarasha sabablari mavjud. APLdagi o‘zini top-klub deb hisoblaydigan har qanday jamoa "Manchester Siti"ni mag‘lub etishga qodir bo‘lgan tarkib tuzishga harakat qilmoqda. Ayniqsa, "Arsenal" uchun bu masala o‘ta prinsipial ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, jamoa tarkibi londonliklar uchun faqatgina rivojlanishi va 2023-24 yilgi mavsumga tayyor bo‘lishi kerak. Shu maqsadda "Arsenal" Kay Xaversga ko‘z tikib turibdi. Ha, nemis hujumchisi APLga kelganidan beri o‘ta og‘ir davrlarni boshidan o‘tkazdi. Ammo "Emirates" stadioniga ko‘chish futbolchi uchun hammasini o‘zgartirishi mumkin.

Ehtimoliy transfer tafsilotlari

Shu kecha-kunduzda "Arsenal" Xavers uchun jiddiy da’vo qila boshladi. Hujumchining o‘zi ham "Chelsi"dan ketishga tayyor turibdi. Shu sabab transferning amalga oshish ehtimoli juda ham baland sanaladi.
"Chelsi" nima uchun Xaversni sotishga rozi bo‘lmoqda? Bu savolga birinchi javobni futbolchining shartnomasidan izlash kerak. Xavers 2025 yilda erkin agentga aylanadi. Shu sababli uni vaqtida pullash zarur. Qolaversa, Germaniya terma jamoasi a’zosining o‘zi ham ortiq G‘arbiy Londonda qolishni istamayotir. Mana shu faktorlar birlashib, "Arsenal" va "Chelsi" o‘rtasida kelishuvni yuzaga keltiradi. Ikki London klubi o‘rtasidagi ishga "Bavariya" suqulib kirishi mumkinligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Xavers transferida uchrashi kutilayotgan eng katta muammo bu narx masalasidir. "Chelsi" 24 yoshli yulduzini 70 milliondan kamiga sotmoqchi emas. "Arsenal" esa bir futbolchi uchun buncha ko‘p pul sarflay olmaydi. Ayniqsa, asosiy tarkibga kirish borasida Xaversda imkoniyatlar ko‘p emasligi, bu muammoni qayta o‘ylash kerak ekanini anglatadi. Shunday bo‘lsada, "Arsenal" qo‘yilgan narxni tushirishni eplay olishiga ishonmoqda.
Kay Xavers haqida "Arsenal" afsonasi Tyerri Anri shunday degan edi: "Ba’zida Kay menga Robin van Persini eslatadi. Robin chap oyog‘ida kuchli zarbaga ega bo‘lgan. Kayda ham shunday holat. Shu sabab men uni "Arsenal"da ko‘rishni istayman".

Nega "Arsenal" aynan Kay Xaversga intilmoqda?

Bu borada, avvalo shuni ta’kidlash kerakki, "Arsenal"ga yangi mavsumdan hujumda ko‘proq ijodkorlik va tezlik yarata oladigan taktik qurollar kerak bo‘ladi. Hozirda to‘pchilarning ikkita markaziy hujumchisi bor: Gabriel Jezus va Eddi Nketia. Ammo ularning hech biri yaqqol to‘purar emas. Shuningdek, klub balansida Folarin Balogun ismli AQSH termasi hujumchisi mavjud. U "Arsenal"ga yaqindagina "Reyms"dagi ijara muddatini o‘tab qaytdi. Ammo u Londonda qolmaydi. Negaki, 22 yoshli futbolchi ortiq ikkinchi raqamli hujumchi bo‘lish niyatida emas. Boz ustiga, Balogun uchun kuchli beshlik chempionati klublaridan takliflar bor. Shunday ekan, "Arsenal" katta ehtimol bilan uni sotadi. Balogun sotuvidan tushgan pul Xavers transferiga sarflanadi.
Xaversning o‘ziga keladigan bo‘lsak, u shunday futbolchiki, to‘purarlikdan ko‘ra, kreativlikni afzal ko‘radi. Shu sabab maydonda unga keng zonalar kerak bo‘ladi. Katta ehtimol bilan Xavers Jezus bilan yaxshi tandem hosil qila oladi. Agarda "Arsenal" APL va YECHLda chempionlik uchun intilishni xohlasa, u holda hujumni kuchaytirishi shart. Xavers bu yo‘lda foydali xarid bo‘ladi. U hali ham 24 yoshda va katta potensialga ega. Hujumchi "Chelsi" safida jami 139 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol va 15 ta assistga mualliflik qilgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:57, 17.06.2023.
O'qildi: 2884 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.