"Chelsi" hujumchisi Pyer-Emerik Obameyangning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Londonliklar o‘tgan mavsumda doimiy asosiy tarkibda maydonga tushmagan 34 yoshli futbolchini sotishga tayyor. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, shu kungacha Obameyangga Saudiya Arabistoni klublaridan ikkita taklif bo‘ldi, gabonlik ularning birortasiga hali rozi bo‘lmagan.
Pyer-Emerik Obameyang “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.