Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn uchun yana bir klub kurashga kirdi

Keyn uchun yana bir klub kurashga kirdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Chelsi"ning qisqa ro‘yxatidan o‘rin oldi.

The Sun xabariga ko‘ra, "ko‘klar" 29 yoshli hujumchining transferi borasida "shporlar" bilan bog‘lanishgan. Qayd etilishicha, Keyn xizmatlariga shaxsan futbolchi bilan “Tottenxem”da birga ishlagan “Chelsi” boshqaruvchisi Maurisio Pochettino qiziqmoqda.

Keyn o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 49 o‘yinda 32 gol urgan. Bundan tashqari, hujumchi beshta golli uzatma ham amalga oshirgan.

Avvalroq, angliyalik to‘purarni "Real", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" kuzatayotgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 09:40, 19.06.2023.
O'qildi: 3072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.