Brenden Rojers murabbiylikka qaytdi. BBC Football'ga ko‘ra, sobiq "Lester Siti" ustozi "Seltik" bosh murabbiyi sifatida tayinlangan. 50 yoshli irlandiyalik mutaxassis Shotlandiya klubi bilan 3 yillik bitimga imzo chekkan.
U "Tottenxem"ga ketgan Angelos Postekogluning o‘rnini egallaydigan bo‘ldi. Rojers aprel oyida "tulkilar" safidan chetlatilgandi.