Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Saudiyaliklar pulini mensimagan futbolchilar: ro‘yxatning avvalida Messi turibdi

Saudiyaliklar pulini mensimagan futbolchilar: ro‘yxatning avvalida Messi turibdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni dunyoning eng mashhur futbol yulduzlarini jalb etish uchun katta pul sarflamoqda. Krishtianu Ronaldu ana shu pullarga uchgan dastlabki super-yulduzlardan biridir. Portugaliya terma jamoasi a’zosi "Al-Nasr"da yiliga 200 million yevro maosh oladigan bo‘ldi. Bundan bir hafta oldin hammani hayron qoldirgan holda Karim Benzema ham Arabistonga ketgan edi. Amaldagi "Oltin to‘p" sovrindori endi "Al-Ittihod" sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Bu transferlarning hammasi erkin agentlar ustida amalga oshirildi. Ammo saudiyaliklar shu bilan cheklanmoqchi emas. Ular yulduzlarni xarid qilishni ham o‘ylamoqda. Masalan, Ruben Nevesh uchun 47 million funt to‘lanmoqda. "Al-Hilol" "Vulverxempton" yarim himoyachisi uchun shuncha taklif qildi. Ammo futbolchilarning shunday toifasi ham borki, ular futbol uchun arablar taklif etayotgan megamillionlarni rad etmoqda. Quyida shu kabi futbolchilar bilan tanishasiz.

Lionel Messi

Messi MLSga, Devid Bekxemning "Inter Mayami" klubiga yo‘l oldi. Ammo "Barselona" afsonasi uchun Saudiyaning "Al-Hilol" jamoasi yiliga 1 milliard funtlik taklif bilan chiqqandi. Argentinalik futbolchi esa Ronaldu o‘ynayotgan joyga borishni istamadi. Shu sabab Messining keyingi makoni AQSHning Florida shtati bo‘ladi.

Luka Modrich

"Real" yulduzi va "Oltin to‘p" g‘olibi Modrichga ham Saudiyadan taklif kelgandi. "Al-Hilol" xorvatiyalikka uch mavsum uchun 200 million yevro berishga tayyor edi. Ammo sobiq "Tottenxem" yarim himoyachisi issiq o‘lkalardan ko‘ra, Madridda yana bir mavsum qolishni afzal bildi. Modrich bu qarorga oilasi sababli kelganini ham aytib o‘tgan.

Romelu Lukaku

"Al-Hilol"ning yulduz sotib olish ishtiyoqi Lukakuga ham taklif kelib tushishiga sabab bo‘ldi. Hujumchiga arablar yillik 21 million funt maosh taklif etdi. Ammo belgiyalik Yevropada qolishni istashini bildirdi. U Angliyaga qaytib bormoqchi emas. Lukakuning tanlovi "Inter"da davom etishdir.

Alvaro Morata

"Atletiko" yulduzi Moratani hamma taniydi. U o‘zining beqaror faoliyati bilan ajralib turadi. Hujumchiga "Al-Tavun" klubi 50 million yevroni bir yil uchun to‘lash taklifini bildirdi. Biroq, ispaniyalik futbolchiga Madridda qolish ma’qulroq ko‘rindi. U tez orada "Atletiko" bilan yangi bitim imzolaydi.

Olivye Jiru

"Milan" hujumchisi Olivye Jiruga ham arab klublaridan biri jiddiy taklif bilan chiqqan. Nomi aytilmagan jamoa fransuz futbolchisi bilan muzokaralar o‘tkazishni istagan. Sobiq "Arsenal" va "Chelsi" hujumchisining tanlovi esa Yevropada qolish bo‘ldi. 36 yosh bo‘lishiga qaramay, Jiru top-daradagi futbol bilan oshnolikni davom ettirmoqchi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:00, 20.06.2023.
O'qildi: 6665 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик