Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi (videosharh)

U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

U-17 Osiyo kubogining 2-turida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 20 iyun, seshanba kuni Hindistonga qarshi bahs yuritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘lim oxirlab borayotganda Muhammadali Raimov O‘zbekistonga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

"D" guruhining ikkinchi o‘yinida Yaponiya o‘smirlari Vyetnamni 4:0 hisobida taslim etdi.

1-turda O‘zbekiston futbolchilari Yaponiyaga qarshi bahs olib borgan va o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

So‘nggi tur oldidan Yaponiya va O‘zbekiston jamoalari 4 ochkodan to‘plab, guruhda peshqadam bo‘lib turibdi. 3-turda O‘zbekiston Vyetnamga qarshi, Yaponiya esa Hindistonga qarshi to‘p suradi. O‘yinlar 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Guruhda birinchi o‘rinni egallagan jamoa chorak finalda "C" guruhi 2-o‘rin egasi bilan o‘ynaydi. Ayni vaqtda Avstraliya, Xitoy va Tojikiston ushbu o‘ringa da’vogar. Mazkur guruhda birinchi o‘rin masalasini hal qilib qo‘ygan Saudiya Arabistoni esa "D" guruhida ikkinchi o‘rinni olgan jamoa bilan o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada yarim finaliga chiqqan jamoalar U-17 Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

U-17 Osiyo Kubogi—2023
2-tur bahslari
20 iyun, seshanba

O‘zbekiston – Hindiston 1:0
Gol: 1:0 – 81 Raimov.

Vyetnam – Yaponiya 0:4
Gollar: 0:1 – 2 Michivaki, 0:2 – 59 Mochizuki, 0:3 – 66 Sato, 0:4 – 74 Mochizuki.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:31, 20.06.2023.
O'qildi: 45914 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.