"Milan" "Sevilya" himoyachisi Tanguy Nyanzuga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi markaziy himoyachilardan biri jamoani tark etgan taqdirda 21 yoshli fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
La Liganing 2022/23 yilgi mavsumida Nyanzu “Sevilya” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 7,5 million yevro.













