Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

"Golden Boy" qanday me’zonlar ostida beriladi?

"Golden Boy" qanday me’zonlar ostida beriladi?

Baho:
+ | -

Tuttosport nashri Yevropaning eng yaxshi yosh o‘yinchisini aniqlab beruvchi "Golden Boy" mukofotiga da’vogarlardan iborat 100 nafar nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. O‘tgan yili Gavi mukofot g‘olibi bo‘lgandi, Pablo mukofotni 2023 yilda oladi. Football Benchmark tahlilchilari har bir yoshning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholab, reyting tayyorladi. Reyting 2022 yilgi jahon chempionati boshlanishidan 2023 yilning 4 iyuniga qadar o‘tkazilgan o‘yinlar asosida tuzilgan.

Indeks uchta asosiy me’zon, shuningdek, futbolchilarni terma jamoadagi va klub musobaqalarida ko‘rsatgan o‘yinlari uchun qo‘shimcha “bonus”larni ham o‘z ichiga oladi. Reytingni tuzish me’zonlariga sportga doir ko‘rsatkichlar, o‘yin vaqti va futbolchilar o‘ynaydigan klubning salohiyati kiradi.

Birinchi me’zon o‘yinning turli jihatlarini (to‘p uzatish, uni to‘xtatish, gol urish, ijodkorlik va boshqalar) qamrab oluvchi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, turli pozisiyalardagi o‘yinchilar turli ko‘rsatkichlar to‘plamiga ko‘ra baholanadi. Masalan, hujumchi uchun urilgan gollar soni muhimroq. O‘yinchining maydondagi barcha harakatlari, qaysi musobaqada amalga oshirilganligidan qat’i nazar, teng baholanadi.

Ikkinchi me’zonda klubning barcha o‘yinlarida futbolchi o‘tkazgan daqiqalarning foizi hisoblab chiqiladi. Shu tariqa mutaxassislar futbolchining o‘z klubi uchun qanchalik muhimligini baholashadi.

Uchinchi me’zon sovrin uchun da’vogar jamoaning nisbiy kuchi orqali hisoblab chiqiladi. Agar ikkita o‘yinchi bir xil foizga ega bo‘lsa, unda kuchliroq klub uchun o‘ynagan futbolchi yuqori baho oladi.

Football Benchmark ekspertlari tadqiqotdan so‘ng 2023 yilda “Golden Boy” mukofotini “Bavariya”dagi Jamol Musiala olishi kerak degan xulosaga kelishdi. Reytingning ikkinchi pog‘onasidan yaqinda Dortmundning "Borussiya"sidan "Real"ga o‘tgan Jud Bellingem joylashgan. Mukofotning amaldagi g‘olibi Gavi esa da’vogarlar uchligini yopdi.

Kiritildi: 07:01, 21.06.2023.
O'qildi: 3640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.