Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Davron Fayziyev O‘zbekiston-Eron o‘yini haqida: Detallar hal qilgan o‘yin

Davron Fayziyev O‘zbekiston-Eron o‘yini haqida: Detallar hal qilgan o‘yin

Baho:
+ | -

Bunday uchrashuvlardan keyin sharhlovchilar ham o‘ziga kelishiga bir necha kun sarflashadi. Buning ustiga jamoaning a’zosi bo‘lsang mag‘lubiyatni qabul qilish ko‘p karra og‘ir. Shunday bo‘lsa-da, ma’lum auditoriyaga ega shaxsiy blogim bor ekan, uchrashuv taassurotlariga to‘xtalishni to‘g‘ri deb bildim.

Darajasi bir-biriga yaqin terma jamoalar uchrashganda mayda detallar natijani keltirib chiqarishini ko‘p murabbiylar e’tirof etishadi. Ba’zida o‘yin jarayonidagi, ba’zida atrofidagi faktorlar. Bugungi final yaqqol misol. Ikki xil taym, birinchisida yuqori temp, ikkinchisida epizodlarga bo‘linish. Ikkisida ham mezbondek yoki favoritdek aktivlik biz tomonda bo‘ldi. Nazorat, harakat, bosim va oldinga intilishda ustunlik bor edi. Asosiy muammo yakuniy lahzada. Eldorning zarbasidan keyingi to‘pning ustunga tegishi, Oston birga-bir chiqishi va yana qator vaziyatlarda so‘nggi aniq pas yetishmagani. Eron esa o‘zining ikkita pozision hujumidan bittasini golga aylantirdi.

Yana bir vaziyat hakamning saviyasizligi sabab yo‘qqa chiqdi. Yusupov to‘pni Shomurodovga uzatgach, Eldor toza birga-bir chiqib ketayotgandi. Har qanday normal hakam bu vaziyatda hujum nima bilan tugashini kutadi. Lekin bizning hujumga o‘tayotganimizni ko‘rib turib referi o‘yinni to‘xtatdi. O‘sha sariq kartochkani ko‘rsataman deb bizni yaqqol goldan mahrum qildi. Bir gol hammasini hal qiladigan, Eron himoyasidan o‘tish o‘ta og‘ir kechayotgan, Eldorga umuman bo‘shliq berilmayotgan paytda bizga shu vaziyat juda va juda kerak edi.

Gol urgach, Eron ongli ravishda tempni pasaytirishga intildi. Azmun o‘yindan keyin bu futbolning bir qismi debdi. To‘g‘ri. Shunday uslubda natija uchun hamma ishni qiladigan raqib bilan ham o‘ynashni o‘rganishimiz kerakligi bo‘yicha bizga signal va saboq bo‘ldi. Katanesning o‘rni ham bilindi. U barchani tonusda ushlab tura olardi.

Natija o‘rtadagi umumiy farqni yaqqol ko‘rsatib berdi deb bo‘lmaydi. Biz ko‘proq xato qildik, Eron esa minimum. Shu ta’rif mos menimcha. Yutsak bo‘lardi degan tuyg‘uli mag‘lubiyat yanada alamli. Kuchliroq qaytamiz deya chiqarilgan xulosa qadrli.

Davron Fayziyev.

Manba: @Davron_Fayziev
Kiritildi: 10:29, 21.06.2023.
O'qildi: 3652 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.