Frankfurtning “Ayntraxt” klubi himoyachisi Evan Ndika faoliyatini “Roma”da davom ettiradi, deb xabar beradi rimliklar rasmiy sayti.
23 yoshli himoyachi yangi jamoasi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U "Roma"ga tekinga o‘tadi - uning "Ayntraxt" bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi.
Ndika 2018 yildan beri "Ayntraxt"da o‘ynab kelayotgan edi. U nemis klubi safida 183 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt fransiyalik futbolchining narxini 32 million yevroga baholamoqda.













