Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Jud Bellingem eng qimmat yosh futbolchi, ammo "Golden Boy"da yetakchi emas

Jud Bellingem eng qimmat yosh futbolchi, ammo "Golden Boy"da yetakchi emas

Baho:
+ | -

"Real" futbolchisi Jud Bellingem futboldagi eng qimmat yosh o‘yinchiga aylandi. Angliya terma jamoasi a’zosi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ichida eng yorqin yulduz sifatida "Golden Boy" sovriniga jiddiy da’vo qilmoqda. Football Benchmark nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Real" uchun 85 million funtga tushgan futbolchi, aslida 130.3 million funtga arziydi. Bu esa Bellingemni o‘zining "Golden Boy"dagi eng yaqin raqiblari bo‘lgan "Bavariya" yulduzi Jamal Musiala va "Barselona" tarbiyalanuvchisi Pablo Gavidan yuqoriga olib chiqadi.

Narx masalasida o‘z tengqurlari ichida yetkachi bo‘lishiga qaramay, Bellingem "Golden Boy Index"sida Musialadan keyingi, ikkinchi o‘rinda qayd etiladi. Bunga asosiy sabab futbolchilarning o‘z klubida qozongan muvaffaqiyatlaridir. Sovringa da’vogar 100 ta futbolchi ro‘yxatidan 14 o‘rinda "Liverpul" futbolchisi Xarvi Elliot o‘rin olgan. Uning transfer narix 31.2 million funtga baholanmoqda. Shuningdek, kengaytirilgan ro‘yxatda "Brayton"dan 4 ta futbolchi nomi keltirilgan. Ular Levi Kolvill (45), Evan Fergyuson (44), Xulio Ensiso (48) va Fakundo Bunanottedir (86).

Umumiy oladigan bo‘lsak, 100 talik ro‘yxat ichida 13 ta APL futbolchilar mavjud. Bu esa boshqa ligalar bilan taqqoslaganda, eng yaxshi ko‘rsatkich sanaladi. Ular ichida "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi Riko Lyuis top-20 talikning 17-o‘rinida turgan bo‘lsa, "Chelsi" juftligi Levis Xoll va Karni Chukvuemekalar yuztalikdan joy olgan (95 va 98). Shuningdek, ingliz kontingentida "Liverpul" yulduzi Stefan Baychetich hamda "MYU" hujumchisi Alexandro Garnacholar bor (21 va 32).

Shuni ta’kidlash kerakki, "Golden Boy"ni yutish orqali, Bellingem bunday maqomga erishgan uchinchi ingliz futbolchisiga aylanadi. Tarixda ilk bor Ueyn Runi 2004 yilda eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgandi. 2014 yilda esa Raxim Sterling shunday sharafga munosib ko‘rilgan.
"Golden Boy"ning eng mashhur egalari sifatida Lionel Messi (2005)  Sesk Fabregas (2006), Serxio Aguero (2007), Pol Pogba (2013)  Kilian Mbappe (2017) va Erling Xoland (2020)ni keltira olamiz. Ularning bari o‘z faoliyatlari bilan dunyo futbolining ajralmas qismiga aylanib ulgurishgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:54, 21.06.2023.
O'qildi: 3598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.