"Milan" himoyachisi Teo Ernandes faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Sky Sport Italia.
Manbaga ko‘ra, "Atletiko" 25 yoshli fransiyalik futbolchiga da’vogarlik qilmoqda. Biroq Madridda moliyaviy muammolar bor - klub futbolchini transfer qilish uchun 80 million yevro topa olishi dargumon.
2022/23 yilgi mavsumda Ernandes barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.