Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

"Manchester Yunayted" Jeydon Sanchoni o‘rniga sotib olishni reja qilgan futbolchilar. Ularning kimligini bilasizmi?

"Manchester Yunayted" Jeydon Sanchoni o‘rniga sotib olishni reja qilgan futbolchilar. Ularning kimligini bilasizmi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" uzoq yillik kurashlardan keyin 2021 yilning iyulida Sancho imzosiga erishadi. Ammo ingliz futbolchisi o‘zidan kutilgan umidlarni oqlay olmaydi. Shu yerda savol tug‘ila boshladi: uning o‘rniga yaxshiroq variantlar bordir yoki bo‘lgandir? Ole Gunar Sulsherda Sancho uchun o‘sha paytda to‘rtta muqobil variant bo‘lgan. Ammo "qizil iblislar" 73 million funt evaziga 21 yoshli hujumchi xaridini amalga oshiradi. Quyida Shulsher ro‘xatida bo‘lgan futbolchilar kimligi bilib olasiz.

Ismaila Sarr

"Uotford" senegallik hujumchini 2019 yilda 30 million funtga xarid qiladi. Sarr hozir ham "bug‘ular"ning rekord transferi sifatida qayd etiladi. Yillar davomida futbolchi APL va Chempionshipda harakat qildi. Hozir ham Sarr "Uotford" bilan qolmoqda. Ammo bir mavsumdan keyin uning shartnomasiga yakun yasaladi.

Kingsli Koman

Mish-mishlar bobida hammani hayron qoldiradigan futbolchi 2020 yil YECHL finalida "Bavariya"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qiladi. O‘shanda fransuz himoyachisi "MYU" radarida turgandi. 27 yoshli Koman o‘tgan mavsum so‘ngida yana bir bor Germaniya chempionligini nishonlagandi. U bu borada 100 foizlik natija qayd etmoqda. Ya’ni Koman Bundesligaga kelganidan beri mamlakat chempioni bo‘lib keladi.

Ivan Perishich

Perishich o‘tgan yozda APLga yo‘l olgandi. Ammo bu ko‘chish avvalroq ham ro‘y berishi mumkin edi. Xorvatiyalik futbolchi "Inter"ni 2021 yildagi chempionligida muhim ro‘l o‘ynaydi. 34 yoshli futbolchiga ikki yil oldin "MYU" qiziqish bilan qaragandi. Uning "Tottenxem"ga kelishi esa omadsiz kechdi.

Duglas Kosta

Braziliyalik hujumchi o‘zining Yevropadagi faoliyati davomida 10 dan ortiq liga chempionligiga erishgan. Kosta "Shaxtyor Donesk", "Bavariya" va "Yuventus" sharafini himoya qilgan edi. 2020 yilning oktyabrida futbolchi "Bavariya" safiga qaytadi. Mavsum tugagach esa, Braziliyaning "Gremio" klubiga ijaraga beriladi. Ayni damda 33 yoshli futbolchi "LA Gelaksi" safida o‘ynamoqda.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 22:17, 22.06.2023.
O'qildi: 6842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.