Yurgen Kloppning agenti Mark Kosiske mutaxassis Germaniya terma jamoasi bilan ishlashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Yurgenning "Liverpul" bilan uzoq muddatli shartnomasi bor, Germaniya terma jamoasida esa murabbiy bor. Umuman olganda, bularning barchasi bizni qiziqtirmaydi", - deydi Kosiske.
Klopp 2015 yildan beri “Liverpul” bosh murabbiyi hisoblanadi. 56 yoshli nemisning klub bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.