Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Zizu — 51 yoshda!

Zizu — 51 yoshda!

Baho:
+1 | -

23 iyun kuni “Real” jamoasi sobiq ustozi Zayniddin Zidan ellik birga kirdi. Ota-onasi jazoirlik muhojirlar bo‘lgan yulduz haqida ko‘p gapirganmiz. Bugun uning futboldagi sovrinlarini bir eslaylik, a?

Jahonning eng yaxshi futbolchisi (1998). Jahon (1998) va Yevropa (2000) chempioni. Yevropa Chempionlar Ligasi kubogi (1996, 2002), Superkubogi (1996) va qit’alararo kubok (1996) sohibi.

O‘ynagan jamoalari: Fransiyaning «Kann» (1986 — 92), «Bordo» (1992—96), Italiyaning «Yuventus» (1996—2001) va Ispaniyaning «Real» (2001 y. dan) klublari tarkibida o‘ynadi. Italiya chempioni (1996, 1997).

Marsel ko‘chalarida daydib ulg‘aygan yulduzni buyuk qilgan ko‘p ehtimol - xarakteri. Mag‘rur xarakteri. U futbolga boshqa o‘lchovlarni ulashgani bilan-da ajralib turadi. Tashqi ko‘rinishi yulduzlarga xos bo‘lmagan, raqam tanlamagan, intervyuni xush ko‘rmagan, g‘alabadan so‘ng sarmast bo‘lmagan, doimo bir xil tura olgan. Bu oson ish emas. Ayniqsa, muxlislarning yoqimtoyi darajasiga chiqqanlarga.

Zidanni 10-raqamlilar ichida yuqori o‘rinlarga qo‘ygan edik bir. Taajjub uyg‘otar balki, ammo raqamga umuman e’tibor bermaydigan, klub omborxonasida qaysi raqam bo‘sh bo‘lsa kiyib ketaveradigan Zidan terma jamoasi tarkibida 10-raqamda porlagan. Uning “Yuventus”dagi 21i ham, “Real”dagi 5i ham mashhur, biroq Zayniddin bor muvaffaqiyatlarini biz hikoya qilayotgan bobda nishonlagan.

Zidan Platini boshlab bergan Fransiya futbolidagi uyg‘onishni inqilob darajasiga olib chiqdi. Asr boshlarida bu yurt futboliga qarshi turib bera oladigan jamoa yer yuzida qolmagandi. Chunki uning tarkibida qo‘rqinchli Zizu bor edi. Buyuk futbolchi vatani sharafini shu qadar munosib himoya qildiki, uning oxirgi o‘yinidagi xurmacha qilig‘i ham kechirib yuborildi. Darvoqe, o‘sha kuni Zidan qaysi raqamda edi?!

Zayniddin yaxshi futbolchidan yaxshi murabbiy chiqishini ham isbotladi. “Real” bilan uch yil sodir etgan voqeasi futbolchiligiga ham orzudir. Hammaga orzu. Lekin oddiy holdek kuzatib turishlari ko‘pchilikni ajablantiradi. Axir, u maydondayoq daho edi, undan tashqarida ham shunday qola oldi. Kruiff va Bekkenbauer yo‘lidan ketdi. Ajoyib!

Xayrulla Hamidov

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 15:02, 23.06.2023.
O'qildi: 2186 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.