Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Gyundogan va Kovachichdan tashqari "Manchester Siti"da yana qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin?

Gyundogan va Kovachichdan tashqari "Manchester Siti"da yana qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin?

Baho:
+1 | -

"Manchester Siti"ning "Chelsi"dan Mateo Kovachichni xarid qilishi va jamoa sardori Ilkay Gyundoganni sotishi, klubdagi o‘zgarishlardan hisoblanadi. Ammo bu yozda "shaharliklar" faqat shu bilan cheklanmasligi aniq.
29 yoshli Kovachich 25 million funtga xarid qilindi. Uning kelishi yarim himoyani yaxshilaydi. Gyundoganning tekinga ketishi esa dilni biroz xira qiladi, albatta. Negaki, nemis futbolchisi jamoaning muvaffaqiyatlarida katta yordam bergandi. Xo‘sh, yana kimlarning ketishiga guvoh bo‘lamiz? Quyida shu haqida so‘z boradi.

Kayl Uoker

Angliya terma jamoasi a’zosi Gvardiola jamoasidan ketishga tayyor ekani aytilgan. Uoker uchun ehtimoliy manzil sifatida "Bavariya" ko‘rilmoqda. 33 yoshli futbolchi "Manchester Siti" bilan besh marta APLda chempionlikka erishdi. Ammo u o‘tgan mavsum oxirida asosiy tarkibdan tushib qola boshladi. Aprel oyida Gvardiola Uoker haqida gapirar ekan, futbolchi jamoaning hozirgi taktikasiga to‘g‘ri kelmasligini urg‘ulagandi. Buni amaldagi ifodasi sifatida Uoker YECHL finalini zaxiradan boshladi. Shunday ekan, buning ehtimoli katta.

Emerik Lyaport

Ispaniya terma jamoasi yulduzi Gvardiola jamoasini tark etishga yana bir nomzod sanaladi. 29 yoshli himoyachi 2018 yilda "Manchester Siti"da 57 million funt bilan rekord transferga aylangandi. Lyaport o‘tgan mavsumda jami 24 ta o‘yin o‘tkazib, 11 marta APLda qatnashdi. Bu normal futbolchi uchun kam, albatta. Hozirda "shaharliklar" safida markaziy himoyachilar yetarli. Ake, Stounz, Diash va Akanjilarning hammasi bu pozisiyada o‘ynay oladi. Shunday ekan, Lyaportga ehtiyoj bo‘lmaydi.

Joau Kanselu

Portugaliya terma jamoasi a’zosi "Bavariya"dagi ijara davridan keyin yana Manchesterga qaytadi. 29 yoshli qahramonimiz Gvardiola bilan kelisha olmay qolganidan keyin, mavsum yarmida jamoani tark etgandi. Uning yana jamoaga qo‘shilib ketishi qiyin kechsa kerak. Ammo Uoker ketadigan bo‘lsa, Kanseluga yana joy paydo bo‘ladi.

Kalvin Fillips

Bir mavsum davomids 10 marta maydonga tushish, 25 yoshli futbolchi uchun ancha yomon signaldir. Fillips 45 millionga xarid qilingan edi. Ammo "shaharliklar" undan maksimal foydalana olmadi. Shunga qaramay, Angliya terma jamoasi a’zosi "Manchester Siti"da qolishni istamoqda. Gyundoganning ketishi Fillipsga yordam beradi. U endi yarim himoyada Kovachich bilan tadem hosil qilsa kerak. Ammo Fillipsning ketishi jamoaning umumiy kuchiga ta’sir qilmaydi. Negaki, yarim himoyada Rodri bor.

Riyad Maxrez

Jazoirlik hujumchi yozda Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin  bo‘lgan yulduzlar safida edi. Maxrez YECHLda 11 daqiqa harakat qildi. Angliya kubogi yarim finalida xet-trik qayd etganiga qaramasdan, finalda maydonga tushmadi. Agarda u ketsa, 32 yoshli futbolchining o‘rni Fil Foden va Xulian Alvares bilan to‘ldiriladi.

Bernardu Silva

Portugaliyalikning har yozda jamoadan ketishi haqida xabarlar paydo bo‘ladi. Bu safar ham shunday bo‘lmoqda. Silva uchun "PSJ" va arab klublari da’vogarlik qilmoqda. Biroq, "Manchester Siti" Silva va Maxrezning ikkisini ham bir vaqtning o‘zida qo‘yib yubormaydi. Shunday ekan, 28 yoshli futbolchi borasida bir narsa deyish qiyin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: bbc.com
Kiritildi: 22:17, 23.06.2023.
O'qildi: 4276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.