Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Sevilya»dagi kun qahramoni

«Sevilya»dagi kun qahramoni

Baho:
+ | -

Yevropa ligasining 2022|2023 yillar mavsumi «Sevilya» klubining navbatdagi zafari bilan nihoyasiga yetdi.

Lekin andalusiyaliklar jamoasining bir futbolchisi uchun mazkur muvaffaqiyat muhimroq ahamiyat kasb etdi. Gap «Sevilya» himoyachisi Nemanya Gudel haqida bormoqda.

Final uchrashuvidan ikki kun avval serbiyalik himoyachi o‘zining homilador rafiqasi Anastasiya bola tashlash jarayonini boshdan kechirganligini ma’lum qildi. Voqea homiladorlikning 5-oyida yuz bergan, juftlik qizaloq tug‘ilishini kutayotgandi. Mazkur voqeani birinchi bo‘lib Nemanyaning ukasi Dragosha Gudel tasdiqladi. «Men bilaman, u bizni samodan kuzatib turadi», - deb yozdi «Kordoba» himoyachisi ijtimoiy tarmoqlarda. Serbiya matbuoti hammasini tezda tushunib oldi. Nemanya Gudel avvaliga qisqagina «Rahmat» iborasi bilan javob qaytardi. Keyin qo‘lga kiritilgan sovrinni qizalog‘i xotirasiga bag‘ishladi. «O‘ta og‘ir damlarni boshdan kechirmoqdaman. Lekin bardam bo‘lishim va o‘zimni tutib olishim shart. Oilam bu judolikka chiday olishiga shubha qilmayman. qo‘llab,quvvatlaganingiz uchun sizlardan minnatdorman, mendan tashvishlanmang», - dedi futbolchi o‘z muxlislari va uni barvaqtroq ta’tilga chiqarishni mo‘ljallagan «Sevilya» rahbariyatiga.

Nemanya risoladagidek to‘p surish uchun ruhan tayyor ekanligiga murabbiy Mendilibarni ishontirdi. Murabbiy uni boshlang‘ich tarkibga kiritdi, lekin 128-daqiqada Gudel jarohat olib, maydonni tark etdi. Noxush voqea arafasida 25 yoshga chiqqan Anastasiya og‘ir damlarni oila davrasida o‘tkazish maqsadida Ispaniyadan Belgradga qaytdi. Nemanyaning turmush o‘rtog‘i - harbiy jinoyatchi Arkanning qizi.

Ha, shu o‘rinda ayrim biografik jihatlarga to‘xtalib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Anastasiya Rajnatovich - xonanda, uning onasi bo‘lmish Svetlana Rajnatovich ham xonanda, otasi Jelko Rajnatovich esa Arkan nomi bilan tanilgan. Mazkur serbiyalik harbiy va siyosiy arbobga nisbatan Interpol 1970-1980 yillarda qidiruv e’lon qilgan, uni qotillik va o‘g‘irliklarda gumon ostiga olgandi.

Arkan Yugoslaviya urushlarini boshdan kechirgan, Serbiya ko‘ngillilar armiyasining qo‘mondoni vazifasida Xorvatiya va Bosniyaga qarshi kurashgan, serblarning milliy qahramoni maqomiga ega bo‘lgandi. 1997 yilda sobiq Yugoslaviyaning Xalqaro tribunali prokurori Arkanga nisbatan mamlakat aholisiga, jumladan, musulmon fuqarolarga zo‘ravonlik qilganlik, harbiy asirlarga Jeneva konvensiyasi qoidalariga zid bo‘lgan jazo choralarini qo‘llaganlik ayblovlarini e’lon qilgandi. Masalan, harbiy qo‘mondon 12 nafar serbiyalik bo‘lmagan kishilarni otishga hukm qilganlikda va bosniyalik ayolga nisbatan tajovuzkorlikda ayblangandi. 2000 yilda Jelko Rajnatovichni o‘z do‘sti hisoblangan Dragan Garich tomonidan o‘ldirildi. Qotillikning bu-yurtmachisi kim bo‘lgani xususidagi bahs,munozara hanuzgacha to‘xtagan emas: bu borada Slobodan Miloshevichning xizmatchilaridan tortib Oq uyning agentlarigacha ish olib bormoqdalar. O‘lim sahnasini Arkanning o‘zi sahnalashtirgan, degan taxminlar ham yo‘q emas.

Arkan futbol bilan ham aloqador shaxs edi - bir payt­lar YECHLga ham chiqishga ulgurgan Belgradning «Obilich» klubi aynan uning tasarrufida bo‘lgan.

Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i Svetlana Rajnatovich ham Arkan tufayli kriminal va futbol olami mojarolarini boshdan kechirgan, «Obilich»ga tegishli mablag‘ni o‘zlashtirgani va noqonuniy qurol saqlagani uchun 8 oy uy qamog‘i bilan jazolangandi. Sud o‘sha pallada yorug‘ dunyoni tark etgan Arkanni bosh aybdor, deb e’lon qilgandi. Serbiya matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, oila 3,5 mln. dollar mablag‘ni o‘zlashtirgan.

Yaqinda Nemanya ukasidan judo bo‘lishiga sal qoldi. Mart oyida Ispaniyaning 3-divizionida mudhish voqea yuz berdi: Dragosha Gudel to‘satdan maydonda hushini yo‘qotdi va gazonga yiqildi: uning yuragi urishdan to‘xtab qolgandi. Shifokorlar zudlik bilan yordamga oshiqqan bo‘lsalarda, defibrillyatorning dastlabki zarbasi samara bermadi. Hayajonli daqiqalarda shifokorlar taslim bo‘lishmadi: doktor Segura va uning o‘g‘li Bertones Dragoshaning yuragini massaj qilishni to‘xtatishmadi. Ma’lum muddatdan keyin yurak faoliyati tiklandi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, futbolchi shifoxonada jilmayib o‘tirardi. «Ukamning hayotga qaytishiga «Kordoba» shifokorlari, xususan, doktor Seguraning shoshilinch ko‘magi sababchi bo‘ldi. Bu uchun doktordan bir umrga qarzdorman. Ukam esa chinakam jangchilarga xos tarzda oyoqqa turdi. Chunki u hech qachon taslim bo‘lmaydi», - degandi Nemanya quvonch yoshlarini tiya olmagan holda.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:40, 23.06.2023.
O'qildi: 2476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.