Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Maurisio Pochettinoning eng qimmat xaridlari: ularning taqdiri ne kechgandi?

Maurisio Pochettinoning eng qimmat xaridlari: ularning taqdiri ne kechgandi?

Baho:
+ | -

Hozirgi Maurisio Pochettinoning oldida o‘ta murakkab ish turibdi. U "Chelsi"dagi inqirozga yuz tutgan tizim va tartibsiz tarkibni to‘g‘irlashi lozim. Buning uchun unga kim kerak bo‘lsa, Todd Boeli tomonidan olib beriladi. Argentinalik mutaxassis dunyo futbolida o‘ziga yarasha obro‘-e’tibor qozondi. Bunga Pochettinoning, avvalo, "Sautgempton"dagi, keyin esa "Tottenxem"da olib borgan faoliyati sabab bo‘lgan. 2020 yildan keyin mutaxassisga oson bo‘lmadi. Negaki, uning ishi yulduzlarga to‘la bo‘lgan "PSJ"da kechdi. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham bir klubni YECHL finaligacha olib chiqish, hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Quyida Pochettinoga berilgan pullar kimlarga ishlatilganiga e’tibor qaratamiz.

1. Tanguy Ndombele – 53.8 million funt

2019 yilda "shporlar" tarixidagi eng yomon transferni amalga oshiradi. Pochettino boshchiligida Ndombele xarid qilingan. Jamoada o‘zini topa olmagan futbolchi, vaqt qurboni bo‘ldi. Tabiatan o‘ta iste’dodli bo‘lishiga qaramay, Ndombele hech qachon buni "Tottenxem" bilan yaqqol namoyish eta olmadi. U Pochettinodan keyin hech bir murabbiyga yoqmagan edi. Shunday bo‘lsada, yarim himoyachi ijarada "Napoli" bilan Italiya chempioniga aylandi. Xo‘sh, u yana "Tottenxem"ga qaytadimi? Buni bilmaymiz. Hammasi Postekogluning qaroriga bog‘liq. Lekin bir narsa aniq. London klubi hech qachon unga to‘lagan pulini, Ndombele sotuvidan topa olmaydi.

2. Ashraf Xakimiy – 51.1 million funt

Vitinya va Mendesh bilan birga sotib olingan futbolchi, "PSJ" asosiy tarkibiga loyiq ko‘riladi. U qanot himoyasida ishonchli vakilga aylangan edi. Marokash terma jamoasi a’zosi hali ham o‘z yo‘lida odimlamoqda. Xakimiy parijliklar safida muhim figura bo‘lib turibdi.

3. Davinson Sanches – 42 million funt

Ro‘yxatdagi eng katta umid bog‘langan futbolchi balki Sanchesdir. Ammo u ishonchni oqlay olmadi. 2017 yilda katta shov-shuvlar bilan himoyachi "Tottenxem"ga keladi. Dastlab, Sanches yaxshi boshlagandi. Ammo Pochettinoning ketishi unga ta’sir qildimi, xullas o‘zgardi. Oxirgi mavsumlarda 27 yoshli futbolchi asosiy tarkibdan tushib qola boshlagan edi. Balki u bir jamoada o‘ta ko‘p muddat qolib ketgandir. Yana kim biladi deysiz...

4. Nunu Mendesh – 34 million funt

Pochettinoning "PSJ"dagi ilk yozi, tarkib yangilashlari bilan o‘tadi. 2021 yilda Mendesh ham ko‘plar qatori olib kelinadi. U "Sporting"dan ijaraga olingan edi. Keyinchalik xarid qilindi. Mendesh Pochettino bilan bir mavsum ishladi xolos. Shu sabab "PSJ"da o‘zini ko‘rsata olmagandir. Ammo Mendeshga hamma narsadan ham ko‘ra, "PSJ"dagi tizim eng katta muammo bo‘layotgani aniq.

5. Mussa Sissoko – 30 million funt

Sissoko 2015 yilda "Nyukasl Yunayted" bilan fantastik o‘yin ko‘rsatadi. Ammo mavsum yakunida uning klubi Chempionshipga ravona bo‘ladi. Yarim himoyachi uchun 2016 yilning yozida ko‘plab da’vogarlar bor edi. Ammo ichida eng kuchli qiziqishni "Everton" bildiradi. Shunga qaramasdan, so‘nggi daqiqalarda "Tottenxem" "Everton"ni dog‘da qoldirib, futbolchi xaridini amalga oshirgan edi. Sissoko besh mavsum "shporlar" xizmatida bo‘ldi. U 2021 yilda jamoani tark etgan edi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:01, 24.06.2023.
O'qildi: 3626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик