Ronaldu, Benzema va Kante ilk xaridlar
Aytish mumkniki, bunday tendensiya Krishtianu Ronalduning "Al Nassr" bilan shartnoma imzolashidan keyin boshlangan. 5 karra "Oltin to‘p" sohibining "Manchester Yunayted"dagi faoliyati uncha yaxshi bo‘lmadi, hattoki, "mankunianliklar" muxoislari Ronalduni ketishini xohlab uni jamoadan deyarli xaydab yubordi. Sababi, Krishtianuning Pirs Morganga bergan o‘sha mashhur intervyusi deb hisoblandi, unda Ronaldu "Manchester Yunayted"ni keskin tanqid qilgan. Erik Ten Xagning sistemasini ham biroz qoraladi. Krishtianu MYU safida 10 uchrashuvda 1 gina gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ronaldu "Manchester Yunated"dan ketishi aniq bo‘lganidan keyin Yevropaning bir qancha klublaridan variantlar qidirdi. Hech qanday sado bo‘lmaganidan so‘ng, u Saudiyaga ketishga majbur bo‘ldi. Arab yurtida u "Al Nassr" bilan yiliga 200 million yevro maoshlik shartnomaga imzo chekdi.
Saudiyaliklar dunyoning ikki eng yaxshi futbolchilaridan biri, Leo Messining asosiy raqobatchisini o‘z chempionatlariga olib kelishdi. Hattoki, Leoning o‘zini ham "Al Hilol"ga taklif qilishgandi. Ronaldu Saudiya Pro Ligasida 16 ta o‘yinda 14 ta gol urib, mavsumning eng yaxshi uchinichi to‘purari bo‘ldi.
Yozda yana bir top kulishuv haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Bu safar "Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi, "Real Madrid"ning to‘purarlaridan biri Karim Benzema Saudiya Arabsitoniga ko‘chib o‘tdi. Fransiyalik futbolchi "Al Ittixod" bilan bilan shartnoma imzoladi. U bilan deyarli bir vaqtda "Chelsi" yarim himoyachisi, 2018 yilgi Jahon chempioni Ngolo Kante ham xuddi o‘sha jamoa bilan shartnomaga imzo chekdi.
Jahon darajasidagi 3 ta futbolchi bilan shartnoma kamtargina chempionat uchun katta yutuq. Vaziyat shuni taqozo etdiki, Yevropaning yana bir qancha yulduzlari ham Saudiyaga ketishni o‘ylab qoldi. Arablar bu bilan aslo to‘xtab qolmoqchi emas.
"Man. Siti", "Tottenxem" va Myu futbolchilari nishon ostida
Turli futbolchilar bilan muzokaralar olib borilyapti va hozircha muvaffaqiyatli davom etyapti. Misol uchun, "Al Ahli" klubi "Chelchi"darvozaboni Eduard Mendi bilan kelishuvga erishgan. Senegallik London jamoasi bilan atigi 2 mavsum birga bo‘ldi, yana "aristokratlar"ning tarkibdagi tozalash ishlari Mendiga ham ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. "Al Ahli" darvozabonga 3 yillik shartnoma taklif etdi, kelishuv yakuniga yetish arafasida.
"Al Ahli" "Manchester Siti" vingeri Riyad Mahrezni ham nishonga oldi - hatto klub prezidenti jazoirlik bilan muzokara o‘tkazish uchun shaxsan Anliyaga uchib ketgani haqida xabar qilingandi. Taklif tafsilotlari - yiliga 50 million yevro maosh bilan 2 yillik shartnoma. Riyad bilan birga "shaharliklar"ning yana bir futbolchisi Bernardu Silva Saudiyaga borishi mumkin. Portugaliyalik yarim himoyachiga da’vogarlar ro‘yxati hali shakllanmagan, ammo arablar uning agenti bilan muzokaralar o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin Bernardu Yevropada qolishni afzal ko‘rdi.
Eduard Mendidan tashqari, 32 yoshli markaziy himoyachi Kalidu Kulibali ham "Chelsi"dan Saudiya Arabistoniga jalb qilinmoqda. Unga "Al Hilol" asosiy da’vogar. Kulibali uchun Ar Riyod shahri jamoasi "Inter" bilan raqobatda. "Al Hilol" futbolchiga 3 yillik shartnoma va yiliga 30 million yevro maosh taklif etdi.
Xuddi shu klub "Vulverxumpton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh bilan kelishuvga erishdi. "Bo‘rilar" 47 million yevro tovon puliga ega chiqishdi. Kecha rasman transfer e’lon qilindi, portugaliyalik yangi jamoasida 8-raqamda o‘ynaydi.
Ronulduni soib olgan "Al Nassr" yana bir vinger Hakim Ziyeshga qiziqish bildirmoqda. "Chelsi" futbolchisi Saudiyaga ketadigan bo‘lsa, yangi jamoasida yiliga 30 million yevro maosh oladi.
Futbolning biznesga aylanishi
FIFA videoo‘yinini o‘ynagan har bir inson Ronaldu va Messini bir jamoada bo‘lishini xohlaydi. Saudiyaliklar shu narsani real hayotda ham amalga oshirmoqchi bo‘lishdi. Messining o‘zi ham bir necha bor Arab yurtiga borib keldi, hattoki Leo ushbu mamlakat turizm elchisiga aylandi. May oyida "Al Hilol" Messiga yiliga 400 million yevro maoshlik shartnoma taklif qildi.
Yakunda Messi Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan "Inter Mayami"ni tanladi va "Al Hilol" esa, Yevropaning boshqa yulduzlariga ovni boshladi. Leoning yaqin do‘sti, u bilan "Barselona" va PSJda birga o‘ynagan Neymarga ham ko‘z tika boshladi. Klub braziliyalik uchun yiliga 200 million yevro maosh taklif qildi. Neymar yakuniy qarorini hali aytmadi.
"Real Madrid"ning ikki yarim himoyachisi Luka Modrich va Toni Kroos ham faoliyatini Saudiyada davom ettirish ehtimoli yo‘q emasdi. Xorvatiyalikka ikki arab klubi qiziqayotgani xabar qilingandi. "Al Ahli" "Olti to‘p" egasiga mavsum uchun 80 million yevro, "Al Hilol" esa, 3 yilga 200 million yevro to‘lashga tayyor edi. Ikkala taklif rad etildi, sababi, ikkisi ham faoliyatini Madridda yakunlamoqchiligi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham Saudiya futboli bu borada ko‘p narsaga ega chiqdi, o‘z imidjini Jahon miqyosiga olib chiqa oldi.
Hali bu hammasi emas, yozgi transferlar oynasida yana qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Ko‘ramiz, kuzatamiz...