Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Superkompyuter "MYU" "tozalash ishlari"ni qayerdan boshlash kerakligini ma’lum qildi

Superkompyuter "MYU" "tozalash ishlari"ni qayerdan boshlash kerakligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Sun’iy ongning chiqargan xulosalariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" tarkibni yaxshilash uchun yettita futbolchisidan voz kechishi kerak. Ushbu yoz klub uchun oldi-sotdi borasida qizg‘in kechishi kutilmoqda. Ayniqsa, "qizil iblislar"ning yangi egalar qo‘liga o‘tishi, buni yanada tezlashtirishi aytilgan. Erik ten Xag o‘z jamoasini shakllantirishga harakat qilmoqda. Bunda sotib olish bilan birga, sotuv ishlari ham kerak bo‘ladi. Quyida jamoani kimlar tark etishi kerakligi, sun’iy ong talqini asosida qayd etiladi.

David De Xea

Darvozabonning yana bir yillik shartnomaga imzo chekishi haqida xabarlar mavjud. Ammo bu ish amalga oshganicha yo‘q. Qolaversa, "MYU" allaqachon yangi posbon qidirishga tushgan. Bu shuni anglatadiki, De Xea jamoadan ketadi. Qolgan taqdirda ham, ispaniyalikni maosh pasayishi kutadi. Shuningdek, u ortiq asosiy tarkibda bo‘lmaydi.

Xarri Maguayr

"Manchester Yunayted" sardori borasida allaqachon ko‘plab xabarlar chiqmoqda. Uning klubni tark etishi shundoq ham haqiqatga yaqin edi. Maguayr uchun "Aston Villa" va "Nyukasl" qiziqish bildirgan. Shuningdek, Maguayr "Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Mauntni olib kelish uchun ham qurbon qilinishi mumkin.

Lyuk Shou

Shou ushbu ro‘yxatdagi kutilmagan nomdir. U o‘tgan mavsumda ten Xag jamoasi uchun muhim figura bo‘lib xizmat qilgandi. Shou qanot va markaziy himoyada qanchalik kerakligini ko‘rsatib qo‘ya oldi. 27 yoshli futbolchi "MYU"ga "agent"lik qilib ham foyda qilmoqda. U Angliya terma jamoasidagi sheriklari bo‘lmish Xarri Keyn va Deklan Raysni o‘z jamoasiga chorlagani aytiladi. Afsuski, shunday futbolchi superkompyuterning ketish ro‘yxatiga tushib qoldi.

Din Xenderson

Darvozabon mavsumni "Nottingem Forest"da ijara asosida o‘tkazgandi. Uni London klubi 30 million funtga xarid qilishi haqida xabarlar mavjud. "MYU" yangi mavsum uchun boshqa posbon sotib oladigan bo‘lsa, Xendersonga bu jamoada ortiq ish qolmaydi. Shu sabab uning ketgani har ikki tomon uchun foydaliroq bo‘ladi.

Antoni Marsyal

"Manchester Yunayted" "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xyoylunni ko‘zlagan. Ingliz giganti daniyalik evaziga puldan tashqari Marsyalni ham berishga tayyor. Fransuz hujumchisi 2022 yilni "Sevilya"da ijara asosida o‘tkazdi. Ammo uzoq cho‘zilgan jarohat Marsyalga o‘zini ko‘rsatish uchun to‘siq bo‘lgandi.

Skott Maktominey

Superkompyuterga ko‘ra, "MYU" yarim himoyachisini 30 million funt uchun sotishga tayyor bo‘ladi. Shotlandiya terma jamoasi a’zosi "Nyukasl" tomonidan jiddiy kuzatilmoqda. Ammo Maktomineyga ten Xag javob bermasa kerak. Qolaversa, u uchun so‘ralayotgan 50 millionlik talab istalgan klubga ko‘plik qiladi.

Shola Shortayr

Shortayr o‘tgan mavsumni "Bolton" safida o‘tkazgan edi. U Chempionship klubida tarkibning muhim figurasiga aylana oldi. Yuqori baholangan yosh himoyachi "Barselona" va "Yuventus" radariga tushib ulgurgan. Agarda Shola yangi mavsum "MYU"ni tark etsa, bu ketish yana ijara asosida bo‘ladi. Harxolda, sun’iy ong shunday hisoblamoqda.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:30, 24.06.2023.
O'qildi: 6185 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик