Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Keyingi mavsumda Krishtianu Ronaldu bilan Saudiya Arabistonida o‘ynashi mumkin bo‘lgan super-yulduzlar

Keyingi mavsumda Krishtianu Ronaldu bilan Saudiya Arabistonida o‘ynashi mumkin bo‘lgan super-yulduzlar

Baho:
+ | -

O‘rta Sharqning eng yirik mamlakati bo‘lgan Saudiya Arabistoni futbolga sarmoya kirita boshladi. Arablar o‘z ligasini dunyodagi eng yaxshi musobaqalardan biriga aylantirish uchun katta pul sarflashmoqda. Bu yo‘ldagi ilk qadam Krishtianu Ronalduni olib kelinishi bo‘ldi. U o‘tgan yanvar oyida "MYU"dan ketib, "Al-Nasr" safiga borib qo‘shilgan edi. Unga yaqindagina Karim Benzema ham sherik bӯldi. U "Real"dagi yangi shartnomani rad etib, "Al-Ittihod"ga kelishni afzal ko‘rgandi. Agarda sobiq "qirollik klubi"ning vakillarini bir ramziy terma jamoaga kiritsak, ular qo‘rqinchli ko‘rinish oladi.

Ronaldu va Benzema ortidan tez orada yana bir nechta nomlar kelishi kutilmoqda. Shulardan biri "Manchester Siti" yulduzi Bernardu Silvadir. Portugaliya terma jamoasi a’zosiga nomi ochiqlanmagan arab jamoasi tomonidan yirik shartnoma taklif etilgan. 28 yoshli yarim himoyachi "shaharliklar" bilan trebl qayd etgan edi. Silva Fors ko‘rfasi davlatiga ketishi mumkin bo‘lgan yagona APL futbolchisi emas. "Chelsi" juftligi bo‘lmish Kallum Xadson-Odoi va Xakim Ziyeshlar ham Saudiyadan takliflarga ega. Xususan, Ziyeshning "Al-Nasr"ga o‘tishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan.

Agarda yevroyulduzlardan tuzilgan ramziy terma jamoaga nazar solsangiz, u yerda ajoyib futbolchilar jamlanganini ko‘rasiz. Masalan, yarim himoyada yana bir "Chelsi" vakili N'Golo Kante bo‘ladi. U shu haftada Benzema ortidan "Al-Ittihod"ga olib kelindi. Aslida u "Chelsi" bilan yangi shartnomaga imzo chekishi kerak edi.
Kantega yarim himoyada "Vulverxempton" sardori Ruben Nevesh sherik bo‘ladi. U yaqindagina "Al-Hilol"ga 47 million funt evaziga sotib yuborildi. Himoyada siz boshqa bir "Chelsi" yulduzini ko‘rishingiz mumkin: Kalidu Kulibali "Al-Hilol" bilan shartnomaga yaqin turibdi.

Kulibali bilan hamkorlikda himoyada boshqa yulduzlar ham bo‘ladi. Ulardan biri hozirda erkin agent bo‘lgan Mett Doertidir. Himoyachi "Atletiko"dan ketganidan beri jamoasiz yurgandi. Shuningdek, Saudiyaga "Everton"dan ketgan Yeri Mina ham yo‘l oladi. U ham himoyadan joy olishi belgilangan. Vanihoyat, yulduzli terma jamoa darvozasida Senegal terma jamoasi a’zosi Eduar Mendi turadi. "Chelsi"dan ketishi kutilayotgan futbolchi "Al-Ahli" bilan uzoq yillik shartnoma tuzishi aytilgan. Yuqoridagi rasmda aynan mana shu futbolchilar taktik sxemada aks ettirildi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:12, 25.06.2023.
O'qildi: 5344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.