Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Neymar: «Agar futbol individual sport turi bo‘lganida, hozir barcha maqsadlarimga erishgan bo‘lardim»

Neymar: «Agar futbol individual sport turi bo‘lganida, hozir barcha maqsadlarimga erishgan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

«PSJ» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar, agar futbol jamoaviy o‘yin bo‘lmaganida, barcha cho‘qqilarni ancha oldin qo‘lga kiritgan bo‘lishini aytdi.

«Agar futbol individual sport turi bo‘lganida, hozir barcha maqsadlarimga erishgan bo‘lardim. Lekin yo‘q... Albatta, mening ismim tufayli bosim ko‘p. Maydonda ham, maydon tashqarisida ham. Ba’zan o‘z manzilimga bo‘lgan tanqidni yoqtirmayman, chunki bu mening shaxsiy hayotim va men xohlaganimni qila olaman», - dedi Neymar.

31 yoshli hujumchi 2017 yilning yozidan buyon parijliklar safida to‘p tepmoqda. Uning «PSJ» bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 70 million yevro.

Kiritildi: 12:31, 25.06.2023.
O'qildi: 1460 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик