Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Mbappega to‘lashi mumkin bo‘lgan maksimal summa miqdori ma’lum bo‘ldi

"Real" Mbappega to‘lashi mumkin bo‘lgan maksimal summa miqdori ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe yozda "PSJ"dan "Real"ga o‘tishi mumkin.

El Debate jurnalisti Tomas-Gonsales Martinning yozishicha, Mbappening onasi bir necha oy davomida "PSJ" bilan yashirin muzokaralar olib borgan va hozir Qatar amiri bilan transferni tezroq yopish haqida gaplashmoqda.

"PSJ" forvard uchun 250+50 million yevro so‘ramoqda. "Real Madrid" maksimal 200+20 million yevro taklif qiladi. Futbolchini baholashda sezilarli farqlarga qaramay, muzokaralar davom etmoqda.

Dastlab madridliklar Mbappe uchun 150 mln yevro taklif qilgandi, ammo "PSJ"ning muzokaralar davomidagi talablari tufayli taklif 200+20 mln yevroga yetdi va bu summa to‘rt yil davomida transhlarda to‘lanadi.

"PSJ" 280 mln yevrolik qarzni qoplash uchun 250+50 mln yevro talab qilmoqda.

Kiritildi: 13:07, 25.06.2023.
O'qildi: 12098 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.