Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Anchelotti Braziliyaga yo‘l olsa, "Real"ning kuni kimga qoladi?

Anchelotti Braziliyaga yo‘l olsa, "Real"ning kuni kimga qoladi?

Baho:
+-1 | -

Xabarlarga ko‘ra, 2024 yildan Braziliya terma jamoasi Karlo Anchelotti bilan hamkorlik qila boshlaydi. Agar shunday bo‘lsa, hozirdan "Real" unga o‘rinbosar tayyorlayvergani ma’qul. Ko‘plab oylar Anchelottining ketishi haqida gap-so‘zlar aylandi. Hozir esa bu haqiqatga yaqindek ko‘rinmoqda. "Qirollik klubi" shartnomaga ko‘ra, Anchelotti bilan 2024 yilning yozida xayrlashishi kerak. Shundan so‘ng, afsonaviy murabbiy Braziliya MTJning doimiy ustoziga aylanishi mumkin bo‘ladi. Quyida uni "Real"dagi o‘rni uchun nomzodlar bilan tanishamiz.

1. Raul Gonsales

"Real" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lgan shaxs, hozirda klub akademiyasida menejerlik qiladi. U allaqachon "qirollik klubi"ning kelajakdagi murabbiyi sifatida qarala boshladi. Bundan oldin ham "Real" Kastilyada faoliyat yuritgan Zidanni bosh murabbiy qilib, adashmagan edi. Bu safar ham mana shu uslub ish berishi mumkin.

2. Xabi Alonso

Yana bir "Real" afsonasi, allaqachon klub boshqaruviga o‘tgan. Alonso o‘zining qisqa vaqtlik murabbiylik faoliyatida ko‘pchilikni qoyil qoldirib ulgurdi. 2010 yilgi mundial g‘olibi "Bayer Leverkuzen"ni pastki o‘rinlardan Bundesliganing yetakchilari safiga olib chiqdi. Uning jamoasi keyingi mavsumning Yevropa ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi. Ha, uning Madridga qaytishi katta voqelik bo‘lardi. Ammo bunga hali erta deb hisoblaydiganlar ham topiladi.

3. Joze Mourinyo

"Real" tarixidagi eng yaxshi uchinchi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan murabbiyni tayinlashning o‘ziga yarasha afzalliklari bor. Ammo buning o‘ylaydigan jihatlari ham mavjud. Oradan vaqtlar o‘tdi. Mourinyoning hozirgi qarashlari zamonaviy futbol tendensiyalariga mos kelmasligi ayon bo‘lib ulgurgan. Shunday bir vaziyatda, portugaliyalikni yana "Real"ga qaytarish to‘g‘ri bo‘larmikin? Bizningcha, yo‘q...

4. Antonio Konte

Konte ayni damda murabbiylar bozoridagi eng yaxshi nomlardan biri. Agarda "Real" qisqa vaqtda La-ligani yutishni ko‘zlayotgan bo‘lsa, Konte yaxshi variant sanaladi. "Qaymoqranglilar" uchun italiyalikning titullarga boy tarixi sabab bo‘la oladi. Shunday ekan, yurish Peresdan.

5. Zayniddin Zidan

Karlo Anchelotti 2.0.
Oxirgi marta Zidan Anchelotti o‘rniga olib kelingan paytda, fransuz ketma-ket uch mavsum YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi. Zidanning boshqaruv uslubi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning qarorlari barcha uchun manzur keladi. Afsonani uchinchi marta Madridga qaytarish esa tavakkal ish bo‘lishi ham mumkin. Negaki, Zidan tayyor jamoada yaxshi ishlab keta oladi. Ammo hozirgi "Real"ni unchalik ham "tayyor" deb bo‘lmaydi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:11, 25.06.2023.
O'qildi: 6190 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.