Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Samvel Babayan: “Navbahor” har kuni jamoani qanday kuchaytirish haqida o‘ylaydi”

Samvel Babayan: “Navbahor” har kuni jamoani qanday kuchaytirish haqida o‘ylaydi”

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.  “Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.  

— Assalomu alaykum! Barchaga xayrli kech! Navbahor” va “Neftchi” o‘rtasidagi o‘yinlar nafaqat ushbu ikki klub muxlislari, balki, boshqa klub ishqibozlarida ham doimo qiziqish uyg‘otgan hamda har doim shunday qiziqarli tarzda kechgan. Ushbu jamoalar musobaqa jadvalida qanday o‘rinlarda borayotganligidan qat’iy nazar, mazkur klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda doimo anshlag bo‘lishi tabiiy. Bellashuv ham shunga monand qiziqarli tarzda kechdi. Bugun haqiqiy futbol ko‘rdik. Kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Bizda tayyorgarlikda biroz muammolar bo‘ldi chog‘i, vaziyatlarni yakunlashda muammo yuzaga keldi. Bu yerga g‘alaba uchun kelgandik. Oxirgi soniyalargacha hujum qilishga harakat qildik. Raqibning yaxshi himoyasini ham ta’kidlash kerak. “Neftchi” joriy mavsumda ikkinchi raqamda o‘ynab, qarshi hujumda harakat qilmoqda. Biz bunga tayyor edik, ammo bir necha vaziyatlarda ularga imkoniyat berdik. O‘yin oxirida mezbonlar ochko olish uchun vaqt cho‘zishdi. Biz esa oxirigacha g‘alaba uchun harakat qildik. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, yigitlar harakat qilishdi. Bu o‘yin bizga saboq  bo‘ldi.  Hammasi joyida. Keyingi o‘yinlarga sifatli tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Oston O‘runov bugun terma jamoadagi o‘yinlaridan keyin biroz toliqqandek tuyuldi. Shu holatga fikringiz qanday?
— Ostonga nisbatan raqiblar boshqacha tayyorgarlik ko‘rishni boshlashdi. Bugun ham har bir vaziyatda uning oldida “Neftchi” futbolchilari paydo bo‘ldi. Ikkinchidan, Oston bugun o‘yinga kichik jarohat bilan chiqqandi. Buning uchun unga qoyil qolishimiz kerak.

— FIFA kunlari doirasida “Navbahor”dan 6 nafar futbolchi terma jamoalarga chaqirildi. Ularning uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etishmagani ham jamoa o‘yiniga ta’sir qildimi?
— O‘yinchilarimizning termaga chaqirilishi bu biz uchun katta sharaf. Bu ular uchun tajriba. Biroq, bugungi o‘yinga futbolchilar turli xil sport formasida kelishdi. Ochiqchasiga aytaman, biz bilan ushbu bellashuvga tayyorlangan futbolchilar bugun yaxshi harakat qilishdi. Ular jarohatlanganlarning ham o‘rnini bildirishmadi. Yana qaytaraman, terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar jamoamizda bo‘lishi bu sharaf. Ularning soni keyingi yig‘inlarda ko‘proq bo‘lishiga ishonaman. Chernogoriya termasiga chaqirilgan futbolchimiz esa u yerda 45 daqiqa o‘ynab, ovqatdan zaxarlanish bilan ortga qaytdi. Shu sababli ham uni bugungi bahsda so‘nggi 20 daqiqada maydonga tushirdik, xolos. U jamoamiz yetakchisi va asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Umuman olganda, bu narsa bizga tajriba bo‘ldi.  

— Jamoaning yozgi transferlar “oynasi”dagi rejalari haqida gapira olasizmi?
— “Navbahor” har kuni jamoani qanday kuchaytirish haqida o‘ylaydi. Biroq, bizda ham ma’lum imkoniyatlar bor va biz bu chegaradan chetga chiqa olmaymiz. Nimeli borasidagi xabarlar esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Boshqa o‘yinchilar, kuchaytirishlarni esa shovqin ko‘tarmasdan bajarish kerak.

Jamoamiz 2-davrada Osiyo Chempionlar Ligasi, milliy chempionat va O‘zbekiston kubogi musobaqalarida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqqan holda, tarkibni kuchaytirish borasida yakuniy xulosalarga kelamiz.   

— Birinchi davra yakunlanishiga bir tur qoldi. Fikringizcha, “Navbahor”ga chempionlik yo‘lida qaysi jamoalar raqobat qilishi mumkin?
— Hozir vaziyat qiziqarli tus olgan. O‘tgan yilgi kabi raqobat bo‘lib, oxirgi turga qadar bosim ostida bo‘lishimizni istab qolardim. Turnir jadvalidagi olti jamoa chempionlik uchun kurashadi, deb hisoblayman.

“Navbahor” matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 04:59, 26.06.2023.
O'qildi: 1566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.