"Fenerbaxche" futbolchisiga APL klublari da’vogar bo‘lmoqda. Xabarlarga ko‘ra, jamoa yarim himoyachisi Arda Gyuler "Arsenal", "MYU" va "Liverpul" radarida turibdi.
18 yoshli futbolchi o‘z yurtida "turk Messisi" deya e’tirof etilgan. Gyuler o‘tgan mavsumda o‘z jamoasi bilan 6 ta gol va 7 ta assist qayd etgan. Ayni damda u 17.5 million yevroga baholanmoqda.