Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Jota "Real"dan hadiksirayapti

Jota "Real"dan hadiksirayapti

Baho:
+ | -

"Liverpul" vingeri Diogo Jota jamoasining Yevropa ligasiga yo‘l olishi va "Real" bilan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

“Men “Vulverxempton” bilan Yevropa ligasida o‘ynaganman. Mersisaydlik muxlislar har yili Chempionlar ligasida o‘ynashga o‘rganib qolgan va biroq YEL ham ancha nufuzli musobaqa. Unda g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

"Real Madrid" Chempionlar Ligasi guruhida uchinchi o‘rinni egallab, yana yo‘lda bizga to‘qnash kelishi mumkin.

Ammo men “Liverpul”ga o‘tganimdan beri “Real” bizni doim mag‘lubiyatga uchratib kelgan, shuning uchun ular bu safar Yevropa ligasida bo‘lmaydi degan umiddaman”, — deya Jotaning so‘zlarini keltiradi Goal.

"Liverpul" 2022/23 mavsumda 67 ochko bilan APLda beshinchi o‘rinni egallagan. Yurgen Klopp jamoasi 2015/16 yilgi mavsumdan buyon ilk bor Yevropa ligasiga yo‘llanma oldi.

Kiritildi: 09:46, 26.06.2023.
O'qildi: 6601 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик