Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Chelsi" hujumchi Romelu Lukakuni shu yozda sotmoqchi.
Manbaga ko‘ra, londonliklar futbolchini sotishdan taxminan 40-50 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan. Futbolchiga Italiya va Saudiya Arabistoni chempionati klublari qiziqmoqda.
Hujumchi o‘tgan mavsumda "Inter" safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.